Lokomotiv va nihoyat O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi!
17 noy 2016 22:20
Yangiliklar
Lokomotiv va nihoyat O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi!
Unda oltin medallar uchun kurash olib borayotgan Toshkentning Bunyodkor klubi o'z uyida Namanganning Navbahor jamoasiga qarshi bahs yuritdi.
Anchagina qiziqarli va murosasiz ko'rinish olgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Natijada Bunyodkor hisobidagi ochkolar soni 63taga etdi. Lokomotiv hisobida esa allaqachon 68 ochko mavjud va bu ikki jamoa o'rtasida 5 ochkolik farq bor ekanini anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, Lokomotiv futbol klubi 2016 yilgi mavsumda O'zbekiston chempionligi masalasini o'z foydasiga hal etishni uddaladi.
2002 yilda tashkil etilgan Lokomotiv klubi shu paytga qadar 3 marta O'zbekiston vice-chempioni unvonini, 1 martadan bronza medali, O'zbekiston kubogi hamda O'zbekiston super kubogi sohibiga aylangan edi. Bugun esa jamoa tarixida yangi sahifa ochildi va jamoa ilk bor mamlakatimizning tengsiz klubi nomini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar