"Lokomotiv" va "Neftchi" durang o'ynashdi
22 mar 2015 17:48
Yangiliklar


"Lokomotiv" va "Neftchi" durang o'ynashdi
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
"Lokomotiv" (Toshkent) - "Neftchi" (Farg'ona) 1:1
22 mart 2015. Toshkent. TTYMI stadioni. 16:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), M. Majidov (Namangan), A. Kalinin (Qarshi), R. Toshmuhammedov (Nukus).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: Damir Koyashevich 34, - 1:0. Ro'zimboy Ahmedov 66, - 1:1 (Otabek Haydarov)
"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 7.Ruslan Koryan, 8.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 13.Lutfulla To'raev, 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev, 99.Damir Koyashevich (77.Jasur Hasanov (katta) 70).
Zaxira: 30.Sardor Qobuljonov, 3.SHavkat Mullajonov, 9.Dilshod Rahmatullaev, 10.Marat Bikmaev, 16.Jasur Hasanov (kichik), 22.Sanjar SHoahmedov.
"Neftchi": 30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukur Po'latov, 4.Aybek Nurboev, 5.Dostonbek Tursunov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov, 10.Murod Bobojonov (22.Ro'zimboy Ahmedov, 43), 11.Otabek Haydarov (9.SHerzod Hakimov, 62), 20.Dilyorbek Ermatov, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Umid Qodirov.
Zaxira: 1.Sergey Smorodin, 8.Akmal Xolmatov, 13.Zokir Nurmatov, 15.Jahongir Dadaboev, 24.Kamronbey Kapadze.
Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 55, Lutfulla To'raev 84.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" o'z uyida "Neftchi" bilan durang o'ynadi - 1:1.
90+3. Jasur Hasanovning pasidan so'ng SHoahmedov zarba berdi, noaniq ketdi!
90+2. "Neftchi"ning qarshi hujumi, Ahmedov to'pni sheriklariga oshira olmadi.
90+1. Zoteevning amalga oshirgan to'pini CHeremisin qaytardi.
90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi
89. ZARBAAAAAAAA! Marat Bikmaevning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!
86. ZARBAAAA! Sardor Mirzaev! Jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llangan zarba noaniq ketdi!
84. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Lutfulla To'raev
79. Ustunlik "Neftchi" tomoniga o'tdi.
76. O'zgarish. "Lokomotiv". Ruslan Koryan o'rniga Marat Bikmaev tushdi
74. O'ng qanotdan Sardor Mirzaev to'pni jarima maydoniga uzatdi, Ruslan Koryan bosh bilan zarba berdi, CHeremisin to'pni qaytardi!
74. "Lokomotiv" futbolchilari shoshilishmoqda...ularning hujumlari pala partish chiqmoqda.
73. O'zgarish. "Neftchi". Baxtiyor Yoqubov o'rniga Akmal Xolmatov tushdi
70. O'zgarish. "Lokomotiv". Damir Koyashevich o'rniga Jasur Hasanov (katta) tushdi
69. Abduxoliqov ikki daqiqa ichida ikki marta zarba berdi. Ikkalasi noaniq
67. Stadionga yig'ilgan farg'onalik muxlislar "Neftchi"ni olg'a boshlashmoqda
66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ro'zimboy Ahmedov! 1:1
66. PENALTI!!! "Neftchi" tepadi. Otabek Haydarov yiqitilgani uchun hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi
66. Ogohlantirish. "Neftchi". Umid Qodirov
65. ZARBA! Ruslan Koryanning zarbasi biroz noaniq ketdi.
65. Haydarov-Saidov kombinaciyasi noaniq yakunlandi.
64. O'zgarish. "Lokomotiv". Temur Kapadze o'rniga Sanjar SHoahmedov tushdi
62. O'zgarish. "Neftchi". Doston Tursunov o'rniga SHerzod Hakimov tushdi
60. ZARBAAAAAA! Ro'zimboy Ahmedovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi!
57. "Neftchi" jarima to'piga ega bo'ldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Otabek Haydarov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Mamur Ikromov o'z o'rnida.
55. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Islom To'xtaxo'jaev
51. Xavfli vaziyat! Otabek Haydarov Koyashevichni yiqitdi. Belgilangan jarima to'pini Koyashevich amalga oshirdi, to'p ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Yanichich darvozaga yo'lladi, yana ustun!
48. Mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
47. Xavfli vaziyat! Zaxiradan maydonga tushgan Ro'zimboy Ahmedov 3 metrdan yo'llagan zarbasi yuqoriga ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Taym yakuniga etdi. Hozircha 1:0, "Lokomotiv" oldinda
45. Bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
43. O'zgarish. "Neftchi". Murodbek Bobojonov o'rniga Ro'zimboy Ahmedov tushdi
42. Bobojonov to'qnashuv vaqtida jarohat oldi. U shifokorlar yordamida maydonni tark etdi
40. Murodbek Bobojonovning zarbasi noaniq ketdi.
39. "Neftchi" taymni hujumlar bilan tugatmoqda. Ketma ket hujumlar.
38. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Baxtiyor Yoqubovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Mamur Ikromov qaytardi! Ajoyib seyv!
35. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi ancha noaniq ketdi
34. "Lokomotiv"ning oliy ligadagi ilk golini Damir Koyashevich urdi. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Damir darvozaga yo'lladi - 1:0.
34. GOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Damir Koyashevich!
31. "Neftchi" jarima to'piga ega bo'ldi. Mansur Saidovning uzatgan to'pini Yanichich boshi bilan qaytardi
29. ZARBA! Salim Mustafoevning zarbasini CHeremisin qaytardi, Abduxoliqovning zarbasi yo'liga Mehmonov to'g'anoq bo'ldi.
28. "Neftchi" hujumga o'tdi. Baxtiyor Yoqubovni sheriklari qo'llab quvvatlashmadi
24. Temur Kapadze to'pni hujumchilar tomon oshirdi, Abduxoliqov to'p uchun kurashda ikki himoyachidan ustun kela olmadi.
21. Murod Ismoilov o'rniga umuman o'tirgani yo'q. U shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni turib berib bormoqda.
20. Lutfulla To'raevning jarima maydoniga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.
20. Doston Tursunov Koryanni yiqitdi. CHamasi 20 metrlardan jarima to'pi
17. Koryan! O'ng qanotdan Damir Koyashevich to'pni jarima maydoniga havolatib uzatdi, Ruslanning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
15. Vadim Abramov kasalligi tufayli bugun uning o'rnini Marat Miftaxutdinov egallagan.
14. XAVFLI VAZIYAT! Murod Bobojonov raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, Mamur Ikromov Noyer uslubida darvozani tark etib to'pni qaytarib yubordi.
11. Mansur Saidov hujumda To'xtaxo'jaevni yiqitdi. Hujum uzilib qoldi.
10. Darvoza ustuni! Oleg Zoteev chap qanotda to'pni jarima maydoniga uzatdi Damir Koyashevichning zarbasi ustunga tegib qaytdi!
8. Berilgan zarba himoyachilarga tegib qaytdi, Yanichichning zarbasini Yoqubov qaytardi, Sardor Mirzaevning zarbasi noaniq chiqdi
7. Mehmonlar Ruslan Koryanni yiqitishdi. 20 metrlardan jarima to'pi.
4. ZARBA! Sardor Mirzaevning kuchli zarbasi Aybek Nurboev tomonidan qaytarildi!
2. Mezbonlar ilk hujumni tashkil etishdi. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, Koryanning zarbasi o'xshamadi
- "Lokomotiv" va "Neftchi" o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda.

Fikrlar