"Lokomotiv" va "Flitvud Taun" vakillari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
29 iyu 2015 18:09
Yangiliklar


"Lokomotiv" va "Flitvud Taun" vakillari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Matbuot anjumanida OAV xodimlari savollariga "Lokomotiv" bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, klub marketing bo'limi boshlig'i Davron Azizov hamda "Flitvud Taun" klubi bosh direktori Stiv Kervuud va klub sport direktori Greter Stenson javob berishdi va hamkorlikdan ko'zlangan asosiy maqsad haqida so'z yuritishdi.
- To'labek Akramov: “Flitvud Taun” bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdan asosiy O'zbekiston futbolini xalqaro maydonda yuksaltirish. O'zbekistonlik yosh o'sib kelayotgan futbolchilarni Angliyada ushbu jamoa orqali zamonaviy futbol ko'nikmalarni o'rganishida ko'maklashish, tajribalarini oshirishdan iborat.
- Hamkorlikni aynan shu jamoa bilan yo'lga qo'yilishidan asosiy maqsad nima? Nega aynan "Flitvud Taun" jamoasi tanlandi?
- To'labek Akramov: Bizlarda boshqa jamoalar bilan ham shartnoma imzolashga variantlar bor edi. Premer ligadagi pastki o'rinda borayotgan jamoalardan biri bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoni mavjud bo'lgan. Nega bu jamoani tanladik? Sababiki, “Flitvud Taun” jamoasining futbol siyosati bizga maqul keldi. Bu erda yosh futbolchilarga imkon berish, futbolchilar bilan ishlash uslubi ko'proq yoqdi. "Lokomotiv" so'nggi ikki yil ichida yoshlarga ko'proq etibor qaratishni boshlad iva bu borada o'z qarashimizni o'zgartirdik. Jamoamizning yoshlar jamoasi tarkibini keskin yoshartirdik. O'rinbosarlarimizning natijalari balki pasayib ketgandir. Buning asosiy sababi tarkibni keskin yoshartirilgani bo'ldi. Bu narsa kelajakda foyda berishi shubhasiz. Hozirgi yosh futbolchilarimiz katta futbolga tayyor holatda kirib kelishadi. "Lokomotiv" klubi bu borada ishni ildizdan boshladi. Bu ishlarni samarasini 1-2 yildan so'ng ko'rishimiz mumkin bo'ladi deb o'ylayman. Bizning asosiy vazifa va maqsadimiz bu terma jamoaga kerakli kadrlarni etkazib berishdan iborat.
- Davron Azizov: SHu erda bir ikkita narsani qo'shimcha qilmoqchiman. Angliyaning top jamoalari o'z brendidan foydalanishga harakat qiladi va hamkorlikni yo'lda qo'yishda katta pul so'raydi. Pul bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik uzoqqa bormaydi. "Lokomotiv"ning qurbi etadi, malum miqdorda pul ajratib katta jamoalar bilan hamkorlik qilishga. Lekin biz boshqacharoq yo'ldan bormoqchimiz. "Flitvud Taun" jamoasining biz bilan hamkorlik qilishdan asosiy maqsadi pul ishlash bo'lmagan va bizdan pul so'rashmagan. Bu ikki jamoaning futbolga qarashi bir bo'lgani bois hamkorlikni aynan shu jamoa bilan yo'lga qo'ydik.
- "Flitvud Taun" jamoasi ko'rigiga qaysi futbolchilar borishadi. Yani futbolchilarni qaysi kriteriyalar bo'yicha tanlab yuborasizlar? Futbolchilarni angliyaliklar tanlab olishadimi yoki sizlar tavsiya qilasizlarmi?
- To'labek Akramov: Bu tashrifda bu masalani hal etmaymiz. Mehmonlarning vaqti chegaralangani uchun Angliyaga uchib ketishadi. Bizlar har xil yosh toifasidagi jamoalarimizning eng etakchi futbolchilarini tanlab oldik. SHuningdek, 2 iyul kuni "Do'stlik" stadionida o'rtoqlik bahsini o'tkazamiz. SHu o'yindan so'ng ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Biz ham o'z navbatida futbolchilarni tavsiya qilamiz. Ular ham o'zlariga maqul kelgan futbolchilarni tanlab olishlari mumkin. Bularning maqsadi o'zlariga maqul bo'lgan futbolchilarni o'zlari bilan 6 oyga olib ketib, u erda futbol ko'nikmalarini yanada yaxshilab o'rgatish va bizga tayyor holatda etkazib berish.
- Gretor Stenson: Biz asosan o'zimizga maqul kelgan futbolchilarni saralab olamiz. Angliyada ularni o'z dasturimiz bo'yicha shug'ullantiramiz. Ularning futbolga bo'lgan qarashlarishi yaxshi taraflama o'zgartirishga harakat qilamiz. Biz o'z imkoniyat darajamizga ularni shug'ullantiramiz. Agarda futbolchi bilan professional tarzda shartnoma imzolashni istasak, unda mamlakat jamoasi FIFA reytingida 50-o'rindan yuqorida bo'lishi zarur. Angliyada mehnat kodeksida shu narsa joriy qilingan. Bizning asosiy maqsad o'zbek futbolchilarini sotib olish emas, balki o'zaro tajriba almashib, futbolni har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Xudo xohlasa O'zbekiston FIFA reytingida 50-o'rindan yuqorilasa, o'shanda o'zimizga maqul kelgan futbolchi bilan shartnoma imzolashimiz mumkin.
- Stiv Kervuud: Bu mening O'zbekistondagi ilk tashrifim. Meni iliq kutib olishdi. Ha, ob-havo ancha issiq, lekin bu bizga xalaqit berayotgani yo'q. Bizni juda yaxshi kutib olishdi va bundan minnatdorman. “Flitvud Taun” ancha yosh jamoa hisoblanadi. Bizlar joylashgan hududda bir qator kuchli jamoalar bor. "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Manchester Siti", "Everton" va boshqa katta jamoalar aynan bizlarning hududda joylashishgan. Jamoamiz oldiga qo'yilgan eng oliy maqsad bu premer ligaga yo'l olish. Angliya futbolining boshqa davlatlardan farqi shundaki, biz oliy divizionga yo'l olish uchun bosqichma-bosqich 10 ta diviziondan o'tib borishimiz kerak. Biz hozircha navbat-navbat oldinga qadam tashlamoqdamiz. Premer ligaga etishish uchun oldimizda yana ikki divizion qoldi. APLga chiqish uchun uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tish zarur. SHunga yarasha premer ligaga chiqqandan so'ng mehnatimiz samarasini ko'rishimiz mumkin. Angliyada premer ligadan tushib ketgan jamoa ham 20 million funt sterling ishlab oladi. Bu har qanday klubga mehnati uchun yaxshi rag'bat bo'lishi shubhasiz. Oliy divizionga borish uchun klubga avvaliga katta sarmoyani sarf qilinishi talab etiladi. Biz asosiy urg'uni katta sarmoya orqali premer ligaga yo'l olishni emas, biroz boshqacharoq yo'ldan bormoqchimiz. Bizning falsafamiz boshqa jamoalarnikidan farq qiladi. Katta pular evaziga kuchli futbolchilarni sotib olishdan ko'ra, o'zimizning akademiyadan chiqadigan yosh futbolchilarga katta etibor qaratishni lozim topganmiz. Biz yoshlarga etibor qaratgan xolda boshqa yurt futbolidan o'zimiz uchun kerakli jihatlarni o'rganib olishga harakat qilamiz. Biz boshqa davlat jamoalari bilan hamkorliklarni o'rnatib, o'zaro tajriba almashishni maqsad qilganmiz. Bu yo'limizda "Lokomotiv" klubi dastlabki hamkorimiz bo'ldi. Yaqinda klub rahbariyati jamoa rivoji uchun 7 million funt sterling sarmoya kiritdi. Ushbu mablag'ga o'zimiz uchun yangi maydonlar qurishni rejalashtirganmiz va akadeyamiz rivoji uchun bazi ishlarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Bu pullarni jamoamiz manfaati yo'lida to'g'ri ishlatishimiz talab etiladi. "Lokomotiv" bilan hamkorlikdagi asosiy maqsadimiz tajriba almashish. Ulardan o'zimiz uchun kerakli bo'ladigan narsalarni o'rganish, yangi tajriba orttirish iborat. Yosh futbolchilarni jamoamizga jalb etib, ularga kerakli ko'nikmalarni o'rgatish va futbolga bo'lgan yondoshuvini professional tarzda shakllantirish.
Flitvud shahri ancha kichik hisoblanadi. Lekin bizning shahrimiz futbol havosi bilan hamnafas yashaydi. Futbolga bo'lgan etibor va qiziqish juda yuqori darajada. "Lokomotiv" jamoasi "temiryo'lchilar" hisoblansa, bizning “Flitvud Taun” klubimiz esa "kemasozlar" va "baliqchilar" deb atasak ham bo'laveradi. Demak bizni hamkorligimizni transport sohasidagi o'xshashliklar ham bog'lab turarkan. O'ylaymanki, nafaqat ushbu ikkita jamoa, balki kelajakda bu ikki mamlakat o'rtasida yaxshi futbol aloqalari va hamkorlik o'rnatiladi deb umid qilaman.
- "Lokomotiv" klubi haqida avval ham bilarmidingiz? Bu jamoa haqida nimalarni eshitgansiz?
- Stiv Kervuud: To'g'risini aytsam, avvalroq bu klub haqida eshitmaganmiz. Faqatgina O'zbekiston va o'zbek futbolidagi bazi malumotlarga egamiz. Bu jamoa bilan hamkorlikdan so'ng ushbu klub haqida imkon qadar ko'proq malumotlar olishga urinmoqdamiz. Bu hamkorlik orqali o'zimiz uchun yangi narsalarni o'rganib olish. Ushbu tashrifdan so'ng "Lokomotiv" haqida yanada ko'proq malumotlarga ega bo'lamiz deb o'ylayman.
- Ushbu hamkorlik yo'lga qo'yilgandan keyin Yangi Zelandiyada yoshlar o'rtasidagi JCH bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqani kuzatgan bo'lsanglar, O'zbekiston futbolining eng yuqori cho'qqisi hozircha shu. Hozirgi holatimiz sizlarni qoniqtiradimi? yani futbolchilarimizning darajasi mos tushadimi? Bizda hali Messi va Ronaldo kabi futbolchilar etishib chiqishmaydi.
- Stiv Kervuud: Jamoa Messi va Ronaldoga ega bo'lishi shart emas. Har yili bosqichma-bosqich ko'tarilish bo'ladi. Katta muvaffaqiyatga asta-sekinlik bilan erishiladi. Vaqti kelib sizlarda ham yuqori istedodli futbolchilar etishib chiqishadi deb o'ylayman. Ronaldo va Messi kabi futbolchilarga emas, balki kuchli bir jamoani tuza olsa bo'lgani. Bu bilan yuqori marralarni zabt etsa bo'ladi. Katta muvaffaqiyatga haqiqiy kuchli jamoa yaratgan holda, jamoaviy o'yin orqali erishish mumkin.
- O'zbekiston futboli hali Yaponiya, Janubiy Koreya singari kuchli futbolchilarni etishtirib bera olmaymiz. APL, Bundesliga va italiya A Seriyasida koreyalik va yaponiyalik futbolchilar ishtirok etishmoqda va ular ushbu saviyaga mos kelishadi. Bizlarda yaqindagina akademiyalar tashkil etildi va bu ishlarning samarasini 8-10 yillar ichida ko'rishimiz mumkin. SHu jihatdan olib qaraganda, sizlar bizlardan yuqori saviyadagi futbolchi etishib chiqishini kuta olasizlarmi? Yani bunga sabringlar etadimi?
- Stiv Kervuud: Ha. Muvaffaqitga 2-3 yil ichida erishib bo'lmaydi. Har bir professional klub uzoqni ko'zlab ish olib borishi kerak. Biz "Lokomotiv" bilan shu maqsadda hamkorlikka rozi bo'ldik. Hamjihatlik bilan ishlasak, uzoq yillar davomida inoq bo'lib ishlaymiz. Bu narsalar har ikkala jamoa uchun ham foydali.
- Greter Stenson: O'zbekistondagi tashrifimizdan asosiy maqsad bu "Lokomotiv"dagi 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni Angliyaga olib ketib o'ynatish, tajribalarini oshirish. Biz bu futbolchilarni 2 iyul kuni bo'ladigan o'rtoqlik o'yinidan so'ng tanlab olamiz. Futbolning vatani Angliya hisoblanadi. Lekin Angliyadan tashqarida ham futbol o'ynashni bilishadi va u erdan ham kerakli narsalarni o'rganish mumkin. O'ylaymanki, O'zbekistonda o'zimiz uchun kerakli bo'ladigan va qiziqarli tomonlarni kashf qilishmiz mumkin. Kelajakda "Lokomotiv" jamoasi bilan o'zaro manfaatli ishlarni amalga oshiramiz.
- “Flitvud Taun” maktabidan chiqib Angliya premer ligasida o'ynayotgan futbolchilar bormi?
- Greter Stenson: Bizning akademiyamiz yaqindagina ish boshladi. Biz bosqichma-bosqichma ish olib bormoqdamiz. Kelajakda bizning tarbiyalanuvchilarimiz oliy divizionlarda harakat qilishadi deb o'ylayman.
- Evropada marketing juda yuqori darajada. Marketingsiz futbolni tasavvur etib bo'lmaydi. Bu jamoa translyaciya va chipta savdosi orqali o'z xarajatlarini necha foizini qoplashadi?
Greter Stenson: Angliyada futbolni siyosati shundan iboratki, yilida stadionlarimiz 365 kun band bo'ladi. Eng katta daromadni bizlar chiptalar savdosidan olamiz. Televideniya bizga yiliga 1 million funt sterling to'lab beradi. Transfer siyosatidan ham yaxshigina foyda qilsa bo'ladi. Bizning bir futbolchimiz "Lester"da o'ynaydi va agarda o'sha jamoa premer ligaga yo'l olsa, bizga klub 250 ming funt to'lab beradi. Futbolchi terma jamoadan taklif olsa ham 250 ming funt sterling ishlab olamiz. Ftbolchining har bir qadamini pulga bog'lab qo'yganmiz. Stadionlarimizda har kuni turli kungil-ochar tadbirlar, to'ylar marosimlari bo'lib o'tadi. SHulardan ham yaxshigina daromad qilsa bo'ladi.
- O'zbekistondagi tashrifdan qanday hissiyotlarni boshdan o'tkazmoqdasiz? Sizga nimalar maqul keldi va aksincha?
- Gretor Stenson: Avvalo shuni aytishim kerakki, bizlarni kelganimizga hali bir sutka ham bo'lgani yo'q. Lekin ob-havo juda issiq ekan. Angliya tarixida bu qadar issiq bo'lmagan hali. Biz hozirgacha "Lokomotiv" stadioni va "Paxtakor" stadionida bo'lishga ulgurdik. Bu erdagi infrastruktura bizni lol qoldirdi. Sizlardagi hudud juda katta ekan. Angliyada bu qadar keng qamrovli erlarni ko'rish muammo. O'zbek xalqining insoniylik fazilatlarini alohida takidlab o'tishim mumkin. Matbuot anjumanida ham juda ko'p jurnalistlar tashrif buyurishgan. Bu matbuot anjumani meni faoliyatimdagi eng kattasi desam yanglishmayman. Futbolchi sifatida Gollandiyaning "AZ Alkmar", "Bolton" kabi jamoalaridato'p tepganimda ham bu qadar katta matbuot anjumanida ishtirok etmaganman.
- Angliyada futbolga bo'lgan etibor juda yuqori darajada. Yoshlar futboliga ham katta etibor qaratiladi. Oliy divizion, yani premer ligaga yo'l olish uchun bosqichma-bosqich divizionlardan o'tib borish zarur. Umuman Angliya futbol vatani. Lekin terma jamoa ishlari joyida emas. SHuncha etibor va mehnatlar samarasi nega terma jamoada kelganda ko'rinmay qolyapti. Katta musobaqalarda ham Angliya terma jamoasi etakchilar qatoridan tushib qolmoqda. Angliya futboli mutaxassisi sifatida muammo nimada bo'lmoqda deb o'ylaysiz?
- Stiv Kervuud: Eng katta muammo bu premer ligada deb o'ylayman. APL hozirda dunyoning eng kuchli ligalaridan biri hisoblanadi. Angliyaning etakchi jamoalari kuchli legionerlarga katta pul sarf etishadi va ularni jalb etishadi. Top jamoalar angliyalik futbolchilarga etibor qaratishmaydi. Terma jamoamizning muvaffaqiyatsizligi premer liganing muvaffaqiyati deb bilaman.
Tadbir so'nggida "Lokomotiv" klubi vakillari "Flitvud Taun" jamoasi rahbariyatiga o'zbekcha ehtirom ko'rsatishdi va milliy zarbop to'nlarimizni sovg'a qilishdi.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar