So’nggi yangiliklar

00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  4 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  18 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  70 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3

RPL. O'runov bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bahsda "Ufa" "Lokomotiv"dan ochko tortib oldi Yangiliklar

RPL. O'runov bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bahsda "Ufa" "Lokomotiv"dan ochko tortib oldi

"Lokomotiv" hamda "Ufa" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 28-tur uchrashuvi yakunlandi.

Lokomotiv Moscow

Jefferson Farfan - 81'

Premier League . 28-tur

12/07/2020, 19:30

1
:
1
Tugadi

FC Ufa

Daniil Fomin - 39'

Stadion: RZD Arena

45'
90'
38'  Murilo Cerqueira
46'  Anton Miranchuk (Rifat Zhemaletdinov)
46'  Murilo Cerqueira (Dmitri Rybchinskiy)
49'  Grzegorz Krychowiak
70'  Dmitry Zhivoglyadov (Jefferson Farfan)
70'  Eder (Timur Suleymanov)
74'  Rifat Zhemaletdinov
81'  Jefferson Farfan
81'  Joao Mario
90'  Vedran Corluka (Solomon Kverkveliya)
39'  Daniil Fomin
43'  Oston Urunov
51'  Aleksandr Sukhov
72'  Lovro Bizjak
73'  Lovro Bizjak (Danila Emeljanov)
90'  Oston Urunov (Olivier Thill)
90'  Andrey Kozlov (Andres Vombergar)

Lokomotiv – Ufa 1:1


Gollar: 0:1 – 39, penalti Fomin, 1:1 – 81 Farfan.
Lokomotiv – Kochenkov, Magkeev, CHorluka, Serkeyra (Ribchinskiy, 46), Ignatev, Joau Mariu, Miranchuk, Miranchuk (Jemaletdinov, 46), Krixovyak, Jivoglyadov (Farfan, 70), Eder (Suleymanov, 71).
Ufa – Belenov, Suxov, Alikin, Krugovoy, Terentev, O'runov (Till, 90), Golubev, Bezdenejnix, Fomin, Kozlov (Vombergar, 90), Bizyak (Emelyanov, 73).
Ogohlantirishlar:
Serkeyra (38), O'runov (43), Krixovyak (49), Suxov (51), Bizyak (72), Jemaletdinov (74).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb OSTON O'RUNOV elon qilindi.

90+2. O'runov maydonni tark etmoqda, uning o'rniga Till maydonga tushdi. 

90+1. Farfan o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

90. O'yin asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. CHempionlar ligasida ishtirok etish uchun kurashayotgan "Lokomotiv" katta kuch bilan hujumga o'tgan.

83. Hisob tenglashganidan keyin "Ufa" hujumga ko'proq o'tishni boshladi.

81. GOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jeferson Farfan to'pga bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. 1:1

78. Joau Mariu standart vaziyatdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, CHorlukaning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

75. O'runovdan aniq zarba, biroq "Loko" posboni to'pni egallab oldi.

74. Zaxiradan maydonga tushgan Farfan raqib qarshi hujumini qoidabuzarlik bilan to'xtatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

67. Hammasi joyida, O'runov maydonga qaytdi.

66. Oston O'runov boshini ushlab yotibdi.

65. Oston "Loko" jarima maydonchasi oldida raqibning 2 futbolchisini osonlik bilan aldab o'tdi va to'pni jaomadoshiga uzatdi. Jarima maydonchasiga tashlangan to'pni mezbonlar qaytarishdi.

64. "Lokomotiv"ning burchakdan uzatmasi Ederning zarbasi bilan yakun topdi.

58. Gjegoj Krixovyak yana bir bor uzoqdan omadini sinab ko'rdi. Belenov o'z darvozasini ishonchli himoya qilib, to'pni ushlab oldi.

54. O'runov "Lokomotiv"ning 3 futbolchisini aldab o'tdi, ammo pas berishda xatoga yo'l qo'ydi va to'psiz qoldi.

51. Yana bir sariq kartochka, bu safar "Ufa" futbolchisi Suxov qoida buzdi.

49. Krixovyak "Ufa" qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Jamoalar maydonga qaytmoqda. "Lokomotiv"da o'zgarish bor. Jeferson Farfan maydonga tushishga tayyor.

TANAFFUS

45+2. Anton Miranchuk darvozaga yana bir aniq zarba berdi va Belenovdan navbatdagi seyv.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Oston O'runov maydon markazida qoida buzdi. U hakamga bu birinchi qoida buzishi ekanligi haqida ishora qilishiga qaramasdan, referi sariq kartochka ko'rsatdi.

39. 11 metrlik jarima zarbasini Danil Kochinkov amalga oshirdi. GOOOL! 0:1! "Ufa" oldinda.

38. PENALTI! O'runovning uzatmasidan so'ng Murilo "Ufa"ning boshqa futbolchisini yiqitdi.

35. O'runovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hammasi joyida, Oston o'rnidan turib o'yinni davom ettirmoqda.

33. Hozircha Oston O'runov ko'p ham ko'zga tashlanmayapti, chunki "Lokomotiv" "Ufa"ga to'p bermayapti.

31. ZARBAA! Krixovyak 24 metrdan "Ufa" darvozasiga zarba berdi, Belenov bir amallab to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

30. "Temiryo'lchilar" qarshi hujum amalga oshirishdi va to'p Alekseyga uzatildi. Miranchuk to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashga uringanda, "Ufa" himoyachisi xavfni bartaraf etdi.

26. Anton Miranchuk "Ufa" darvozasi tomon zarba berdi, biroq noaniq.

24. Tomoqni ho'llab olish uchun qisqa tanaffus elon qilindi.

22. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Lokomotiv" tomonda.

15. Endi "Ufa" jarima zarbasini amalga oshirdi va "Loko" posboni seyv ijro etdi

12. Miranchuk yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi va bu safar to'p darvoza tomonga bordi. Biroq "Ufa" posboni to'pni egallab olishga muvaffaq bo'ldi.

11. Aleksey Miranchukning jarima zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi. 

10. Krixovyak "Loko" uchun raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab berdi.

9. "Lokomotiv" iloji boricha qanotlardan ko'proq uzatma amalga oshirishga harakat qilmoqda.

3. Hozircha kichik ustunlik "temiryo'lchilar" tomonda. Mezbonlar to'pga ko'proq egalik qilishmoqda va birinchi bo'lib burchak zarbasini amalga oshirishdi. 

1. O'yin boshlandi.

- Uchrashuv boshlanishidan avval mezbonlar futbolchisi Aleksey Miranchukga RPLning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

"Lokomotiv" – "Ufa"

"stadion Lokomotiv"

Lokomotiv – Kochenkov, Magkeev, CHorluka, Serkeyra, Ignatev, Joau Mariu, Miranchuk, Miranchuk, Krixovyak, Jivoglyadov, Eder.

Ufa – Belenov, Suxov, Alikin, Krugovoy, Terentev, O'runov, Golubev, Bezdenejnix, Fomin, Kozlov, Bizyak.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика