"Lokomotiv" Ukraina chempionati autsayderini yirik hisobda taslim qildi
07 fev 2021 15:45
Yangiliklar


"Lokomotiv" Ukraina chempionati autsayderini yirik hisobda taslim qildi
Raqib Ukraina chempionati ishtirokchisi "Dnepr-1" klubi bo'ldi. "Temiryo'lchilar" ayni paytda Ukraina premer-ligasida 14ta klub orasida 14-o'rinni egallab turgan "Dnepr-1"ni yirik hisobda mag'lub etishdi.
"Lokomotiv" safida Sanjar Qodirqulov, Sadriddin Abdullaev va Diyorjon Turopov gol urishdi.
Bungacha "Temiryo'lchilar" Ukrainaning "Desna" (0:0) va Latviyaning "RFS" (0:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazishgandi.
"Lokomotiv" - "Dnepr-1" 3:0
Gollar: Sanjar Qodirqulov 46, Sadriddin Abdullaev 63, Diyorjon Turopov 86.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, SHuhrat Muhammadiev, Islomjon Qobilov, Diego Bardanka, Xurshid Muxtorov, Kaxi Maxaradze, G'ulom Haydar G'ulomov, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Amanov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Boburjon Asqarov, Dilshod Komilov, Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, SHohruh Isoqov, Ibrohim G'anixonov, Avazbek O'lmasaliev, Jaloliddin Jumaboev, SHerzod Fayziev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar