So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  0 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  3 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

"Lokomotiv" Timur Kapadzega ehtirom ko'rsatdi Yangiliklar

"Lokomotiv" Timur Kapadzega ehtirom ko'rsatdi

Kecha bo'lib o'tgan AGMKga qarshi Kubok o'yinidan so'ng "Lokomotiv" uchun navbatdagi futbol mavsumi o'z yakuniga etdi.

Bugun klub qarorgohida "Lokomotiv" PFK rahbariyati jamoa azolari bilan uchrashib, yakuniga etgan mavsum haqida o'z fikrlarini bildirdi va keyingi rejalar borasida kichik yig'ilish tashkil etildi. 

Bu mavsum "temiryo'lchilar" uchun oson o'tmadi. O'ziga xos sinovli yil bo'ldi desak yanglishmaymiz. Jamoamiz ayniqsa birinchi davradan keyin murakkab holatga tushib qolgandi. SHu bois vaziyatni o'nglash hamda jamoani yuqori o'rinlarga ko'tarish maqsadida ikkinchi davra oldidan murabbiylar shtabiga Timur Kapadze taklif etildi. 

Ikkinchi davrani Andrey  Miklyaev - Timur Kapadze juftligi qo'l ostida o'tkazgan "Lokomotiv" ijobiy natijalar qayd etdi. Bunda albatta Timur Tohirovichning mehnati katta ekanini aytmasak bo'lmaydi. SHu bois bugungi yig'ilishda Timur Kapadzega klubimiz rahbariyati tomonidan ehtirom ko'rsatildi.

Yosh murabbiy uchun kechagi bahs "Lokomotiv" murabbiyi sifatida oxirgi o'yin bo'ldi. Endilikda Timur Tohirovich bor etiborini O'zbekiston U-19 terma jamoasiga qaratadi. Xabaringiz bor, kelasi yil mart oyida U-19 Osiyo chempionati O'zbekistonda bo'lib o'tadi va yoshlar terma jamoamizni mazkur musobaqaga Timur Kapadze tayyorlaydi. 

"Lokomotiv" PFK Timur Tohirovichga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda kelgusi ishlariga omad tilaydi. O'ylaymizki, O'zbekiston U-19 terma jamoasi ushbu mutaxassis qo'l ostida o'z maqsadiga erishib, U-20 jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика