So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

“Lokomotiv” stadionida “Lokomotiv” – “Al Taavon” uchrashuvidan oldin rasmiy tadbirlar tashkil etildi Yangiliklar

“Lokomotiv” stadionida “Lokomotiv” – “Al Taavon” uchrashuvidan oldin rasmiy tadbirlar tashkil etildi

Teglar :  Al TaavonLokomotiv
Ertaga, 25 aprel kuni “Lokomotiv” o'z maydonida Saudiya Arabistonining “Al Taavon” klubiga qarshi bahs olib boradi. Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan bahsda “Lokomotiv” faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqadi.
Bugun “Lokomotiv” stadionida mazkur bellashuv oldidan ananaviy rasmiy tadbirlar tashkil qilindi. Dastlab uchrashuv rasmiylari hamda ikkala jamoa vakillari ishtirokida miting o'tkazildi. Bunda bir qator tashkiliy masalalarga oydinlik kiritildi. SHuningdek, ertangi o'yinda kimning qaysi libosda to'p tepishi aniqlab olindi.

Demak, ertaga “Lokomotiv” qizil, “Al Taavon” esa sariq rangli futbolkalarda to'p tepadi. TTZdagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadigan bahs soat 17:00da start oladi. Bugun kechki payt ikkala jamoa ham o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. “Al Taavon”ning mashg'uloti 17:00da boshlanib bir soat davom etadi. Soat 18:15dan boshlab esa “Loko” futbolchilari mashg'ulotni boshlashadi.



Bugun shuningdek, o'yinoldi matbuot anjumani ham bo'lib o'tdi. Dastlab savollarga “Al Taavon” bosh murabbiyi Jezo Manuel Gomesh javob qaytardi.

“Ertangi bahs biz uchun guruhdan chiqishga oxirgi imkoniyat hisoblanadi. Ayni paytga kelib guruhda murakkab vaziyat yuzaga kelgan va kimlarning chiqishini oldindan aytish qiyin. Agar o'ylagan rejalarimiz amalga oshsa, hammasi yaxshi bo'ladi”.

“Biz “Lokomotiv” ishtirokidagi uchta o'yinni o'rganib chiqdik. Tarkibdagi futbolchilarni alohida o'rganmadik, balki raqibning jamoaviy o'yiniga etibor qaratdik. SHuni aytishim mumkin, “Lokomotiv” barcha chiziqlarda tezkor va astoydil kurash olib boradi”.

“Ertangi bellashuvni Saudiyada kechgan 1-tur o'yini bilan taqqoslash kerak emas. CHunki hamma o'yin bir-biridan farq qiladi. Mening bu jamoada ish boshlaganimda endi bir oydan oshdi va jamoada katta o'zgarishlarni amalga oshirganim yo'q. Saudiya klublari doim O'zbekiston jamoalariga qarshi yaxshi o'yin namoyish etishadi. Buning aniq sababini bilmayman, faqat shuni ayta olamanki, Saudiya Arabistonida futbolni juda sevishadi va stadionlarga ham ko'p odam keladi”, – deya aytib o'tdi “Al Taavon”ning portugaliyalik murabbiyi.



Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo'lchilar” bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va jamoa yarim himoyachisi Sardor Mirzaev savollarga javob qaytarishdi.

Andrey Miklyaev: – “Ertaga biz uchun ham guruhdan chiqishga oxirgi imkoniyat va g'alaba qozonib bu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz. Afsuski, bizda yo'qotish bor, bu – Salamat Qutiboev. Bundan tashqari, himoyachimiz Muhammad Koneni ham “Paxtakolr” bilan o'yindan keyin jarohat bezovta qilmoqda”.

“Ertangi o'yindan umidimiz katta. G'alaba qozonib o'z muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz. Qolaversa, stadionga kelgan ishqibozlarning olqishlab turishi bizga katta madad beradi”, – deya aytib o'tdi Andrey Gennadevich.

Sardor Mirzaev: – “Ertaga bizni qiziqarli, shu bilan birga qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bu o'yinda bizga g'alaba nihoyatda zarur va buning uchun bor kuch bilan harakat qilamiz. To'g'ri, chempionlar ligasining oxirgi bahslarida o'zimni ko'rsata olmayapman, lekin ertaga yanada yaxshi o'ynashga harakat qilaman”.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика