"Lokomotiv" shifokori: "Lissabondan topshiriqlar bo'ldi"
03 jan 2021 12:31
Yangiliklar


"Lokomotiv" shifokori: "Lissabondan topshiriqlar bo'ldi"
"Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriev o'z telegram kanalida shunday gaplar yozib qoldirdi:
"Jamoamizga tayinlanishi ancha avvalroq malum bo'lgan yangi murabbiyning diydorini hali ko'rganimiz yo'q. Ammo undan g'oyibona tarzda (internet orqali Lissabondan) etarli topshiriqlar olib ulgurdik: Birinchi kundanoq futbolchilar tanasidagi yog' miqdorini tekshirib, ortiqcha bo'lsa chora ko'rarmush; Palovxonto'rani jamoa uchun butunlay yot taomga aylantirarmush; Yana, yurtimizga kelishi bilanoq rahbarlar bilan uchrashishdan ham avval ilk suhbatni jamoa shifokori – kamina bilan o'tkazarmush...
Ispanlar bilan aka-uka millat bo'lsa-da, porgugaliyalik bo'lajak murabbiyimiz ularning yarim tunda “ujin” qilish odatini yuqtirib olmagan bo'lsa bo'lgani...
Bizga va unga omad!", - deb yozadi shifokor o'z telegram kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar