"Lokomotiv" shifokori: "Lissabondan topshiriqlar bo'ldi"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 12:31
"Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriev o'z telegram kanalida shunday gaplar yozib qoldirdi:

"Jamoamizga tayinlanishi ancha avvalroq ma'lum bo'lgan yangi murabbiyning diydorini hali ko'rganimiz yo'q. Ammo undan g'oyibona tarzda (internet orqali Lissabondan) etarli topshiriqlar olib ulgurdik: Birinchi kundanoq futbolchilar tanasidagi yog' miqdorini tekshirib, ortiqcha bo'lsa chora ko'rarmush; Palovxonto'rani jamoa uchun butunlay yot taomga aylantirarmush; Yana, yurtimizga kelishi bilanoq rahbarlar bilan uchrashishdan ham avval ilk suhbatni jamoa shifokori – kamina bilan o'tkazarmush...

Ispanlar bilan aka-uka millat bo'lsa-da, porgugaliyalik bo'lajak murabbiyimiz ularning yarim tunda “ujin” qilish odatini yuqtirib olmagan bo'lsa bo'lgani... 

Bizga va unga omad!", - deb yozadi shifokor o'z telegram kanalida.

Oldinroq ma'lum qilganimizdek, "Lokomotiv"da yangi bosh murabbiy portugaliyalik bo'lishi kutilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia