"Lokomotiv" Serbiyada o'ynayotgan o'zbek futbolchisi bilan shartnoma tuzdi
15 jan 2018 15:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/300185_original.jpg)
![](/upload/storage/300185_220.jpg)
"Lokomotiv" Serbiyada o'ynayotgan o'zbek futbolchisi bilan shartnoma tuzdi
O'zbekistonning 2 karra chempioni – “Lokomotiv” 2018 yilgi mavsum oldidan o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.
“Temiryo'lchilar” jamoasi safiga so'nggi yillarda Serbiya chempionatida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Husniddin G'ofurov kelib qo'shildi. Aslida “NBU-Osiyo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan farg'onalik 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2013-2017 yillar oralig'ida Serbiyaning “Yavor” hamda “Mladost” klublari sharafini himoya qildi.
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod sanaladigan futbolchi endi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi. Husniddin G'ofurov “Loko” bilan 2 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U “temiryo'lchilar” safida 19-raqam ostida harakat qiladigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar