So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  6 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

“Lokomotiv” – “Sepaxon” va “Traktorsozi” – “Paxtakor” o'yinlari prevyusi Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Sepaxon” va “Traktorsozi” – “Paxtakor” o'yinlari prevyusi

Bugun, 6 aprel sanasida Osiyo chempionlar ligasi-2016, guruh bosqichi, 4-tur o'yinlari doirasida O'zbekistonning ikki jamoasi “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” o'z o'yinlarini o'tkazadi.

“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Sepahon” (Eron)

6 aprel, chorshanba, 16:00. “Lokomotiv” stadioni, Toshkent.

Jamoalarning OCHL 3-turidagi o'zaro uchrashuvida “Lokomotiv” safarda Marat Bikmaev hamda Sardor Mirzaevning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritgan va jamg'argan ochkolari sonini 5taga etkazib olgandi. Ular ayni vaqtda Guruh peshqadami “An-Nasr”dan bir ochko ortda bormoqda. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba “Lokomotiv” uchun keyingi bosqich tomon katta qadam bo'ladi. SHu bilan bir vaqtda hali keyingi bosqich yo'llanmasidan “Sepahon” ham umid uzmagan va eronliklar ham Toshkentdan uch ochko bilan qaytish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.

 "Lokomotiv”

  •   Bu “Lokomotiv”ning OCHL guruh bosqichidagi ikkinchi bor ishtirok etishi. “Sepahon” esa 11-marta Osiyo klublari o'rtasidagi eng nufuzli musobaqada qatnashmoqda.
  •   “Temiryo'lchilar” o'z maydonida faqat bir marta Eron klubiga qarshi o'ynagan. O'tgan mavsumda “Fulad”ni qabul qilgan toshkentliklar 1:1 hisobida durang qayd etgandi.
  •   Safarda “Sepahon”ni 2:0 hisobida mag'lub etgan “Loko” o'zining musobaqadagi to'rtta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi.
  •   “Lokomotiv” ushbu turnir guruh bosqichida o'z maydonida faqat bir marotaba g'alaba qozongan. 2015 yilda “As-Saad” ustidan qozonilgan g'alaba jamoaning o'z maydonidagi yagona zafari bo'lib turibdi.
  •   Jamoaning OCHLdagi to'purari – Sardor Mirzaev. U uch o'yinda ikki gol urishga erishdi.
  •   Dastlabki turda olgan qizil kartochkasi sabab ikki o'yinga chetlatilgan Jasur Hasanov ushbu o'yinda jamoasiga yordam bera oladi.


Mahalliy chempionat

Oliy liga doirasida uchinchi turda “Lokomotiv” 1 aprel kuni Farg'onaning “Neftchi” klubi ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonib, g'alabali seriyasini davom ettirdi. Ayni vaqtda uch o'yinda uchta g'alabaga erishgan Miklyaev shogirdlari turnir jadvali peshqadami bo'lib turibdi.

 
“Sepahon"

  •   “Sepahon” O'zbekistonga to'rt bora tashrif buyurgan va shulardan faqat bittasida g'alaba qozongan. O'sha yagona g'alaba “Neftchi”ga qarshi o'yinda 2004 yilda qozonilgan (3:1). SHundan keyin Toshkentda “Bunyodkor” bilan ikki bora to'qnash kelib, birida mag'lub bo'lgan va birida durang natija qayd etgan. “Paxtakor”ga qarshi 2010 yili Toshkentdagi o'yinida esa 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.   
  •   Ushbu jamoa o'zining OCHL doirasidagi safar uchrashuvlarida ketma-ket to'rt o'yindan buyon g'alaba qozona olmay kelmoqda.
  •   OCHL-2016 guruh bosqichining birinchi turida “Sepahon” hujumchisi CHimba ikkita gol kiritgandi. SHundan buyon ular raqiblar darvozasini ishg'ol qila olmayapti.
  •   CHimba, Muhammadrizo Halatbori va darvozabon SHahob Godanda sariq kartochka bor va agar bugungi o'yinda yana ogohlantirilsa, keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.


Mahalliy chempionat

“Sepahon” Eron chempionati doirasidagi so'nggi uchrashuvida  31 mart kuni “Malvan” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Amaldagi Eron chempioni ayni vaqtda turnir jadvalining 11-pog'onasidan o'rin olgan. Ular o'zlarining so'nggi 12 o'yinida g'alaba qozona olmayapti.


“Traktorsozi” (Eron) – “Paxtakor” (O'zbekiston)


6 aprel, chorshanba, 19:45. “Yodgor Imom” stadioni, Tabriz.

OCHL-2016 guruh bosqichi dastlabki ikki uchrashuvida bir ochko olgan “Paxtakor” uchinchi uchrashuvni bugungi raqibiga qarshi Toshkentda o'ynab, Igor Sergeevning goli evaziga g'alaba qozondi va ochkolari sonini to'rttaga etkazib oldi. Hozirgi vaqtda “Paxtakor” “Traktorsozi”dan ikki, “Al-Hilol”dan esa bir ochko ortda qolgan holda guruhda uchinchi o'rinda bormoqda.

OCHLning ushbu mavsumiga qadar jamoalar o'zaro to'qnash kelmagandi. “Traktorsozi” ushbu turnir guruh bosqichida to'rtinchi bora ishtirok etayotgan bo'lsa, “Paxtakor”da bu ko'rsatkich rekord darajada – 13-marta.

 “Tarktorsozi”

  •   Tabriz jamoasi uchinchi turda “Paxtakor”ga mag'lub bo'lib, o'zbek klublariga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatlar seriyasini davom ettirdi. Ular avvalgi mavsumda “Nasaf”ga qarshi o'yinab, har ikki o'yinda mag'lub bo'lgandi.
  •   “Paxtkor”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, tabrizliklar hamon S guruhi peshqadami va allaqachon o'tgan yili guruh bosqichi davomida to'plaganidan ko'proq ochko jamg'arib bo'ldi.
  •   Bahtiyor Rahmoniy “Traktorsozi”ning OCHLdagi asosiy to'purari bo'lib turibdi. Uning hisobida uch o'yinda uchta gol bor.


Mahalliy chempionat

 Eron chempionati doirasidagi so'nggi uchrashuvini 31 mart kuni “Saypa”ga qarshi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu jamoaning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini 5taga etkazdi. Ayni paytda “Traktorsozi” Eron chempionati turnir jadvalining beshinchi pog'onasidan o'rin olgan.


“Paxtakor”

  •   “Paxtakor” shu vaqtgacha “Eron” jamoalari maydoniga OCHL doirasida 6 marta tashrif buyurgan. Ulardan ikki o'yinda g'alaba qozngan, bir bora durang o'ynagan va uch o'yinda mag'lub bo'lgan.
  •   “Traktorsozi” ustidan avvalgi turda qog'zonilgan 1:0 hisobidagi g'alaba, “Paxtakor”ning OCHLdagi 7 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi.
  •   Avvalgi o'yindagi yagona golga mualliflik qilgan Igor Sergeev ayni paytda “Paxtakor”ning OCHLdagi to'purari bo'lib turibdi. Uning hisobida uchta gol bor.
  •   “Traktorsozi”ga qarshi birinchi o'yinda diskvalifikaciya sabab maydonga tusha olmagan Davron Xoshimov, bu o'yinda jamoasiga yordam berishi mumkin.


 Mahalliy chempionat

1 aprel kuni Oliy liga doirasidagi 3-turni o'tkazgan mamlakatning amaldagi chempioni “Buxoro” bilan 0:0 hisobida durang o'ynab, mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi. Hozirda “sherlar” turnir jadvalining beshinchi pog'onasida. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика