"Lokomotiv" safida ikki nafar afrikalik legioner ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
27 dek 2016, 08:40
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

2016 yilgi O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi 21 dekabrdan e'tiboran yangi mavsumga tayyorgarlini boshlagan. "Lokomotiv" Yangi yil bayramiga qadar Toshkentda yig'in o'tkazadi. Ertaga, 28 dekabr kuni jamoa "Olmaliq" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" safida ikki nafar afrikalik legioner ko'rikdan o'tmoqda. Hozircha ularning ism shariflari va qaysi mamlakatdan ekanligi ma'lum emas. Katta ehtimol bilan ular ertaga "Olmaliq"qa qarshi maydonga tushishadi.

SaytimizningFacebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia