So’nggi yangiliklar

10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  0 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  0 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  7 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  30 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  88 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

"Lokomotiv": Sadriddin besh oy, Farhod esa ikki oydan so'ng safga qaytadi Yangiliklar

"Lokomotiv": Sadriddin besh oy, Farhod esa ikki oydan so'ng safga qaytadi

Xabaringiz bor, milliy chempionatimizning so'nggi turlarida Lokomotiv klubi pleymekeri Sadriddin Abdullaev jarohati bois maydonga tushmayapti.
Undan oldinroq esa jamoamiz to'purari bo'lib turgan Farhod Tojiev ham oyog'idan olgan jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqandi. Ushbu ikki futbolining safdan chiqishi temiryo'lchilar hujum chizig'idagi rang-baranglikni yo'qotdi. Natijada Lokomotiv muhim o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy bermoqda. Jamoa shifokori Abror Pirriev bilan uyushtirgan suhbatimiz aynan Sadriddin Abdullaevningn jarohati va uning qachon safga qaytishi xususida bo'ldi.

- Sadriddin Abdullaevning Nasaf bilan o'yinda olgan jarohatidan keyin o'tkazilgan tibbiy ko'rik natijalari tizza bo'g'imining jiddiy jarohatlanganligini ko'rsatdi, - dedi biz bilan suhbatda jamoa shifokori. – Tizza bo'g'imining biratula krestsimon boylam, menisk hamda ichki yonlama boylamlarining buket jarohati Sadriddin operaciya stoliga yotishini anglatardi. SHu sababli klub rahbariyati uni Farhod Tojievning ortidan Germaniya klinikasiga yuborishga qaror qilishdi. 9 oktyabr kuni Germaniyaga jo'nab ketgan Abdullaev operaciya muolajalarini muvaffaqiyatli o'tkazib 15 oktyabrda Toshkentga qaytib keldi.

- Operaciya muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsa, yaqin orada Abdullaev maydonga qaytishi mumkinmi?

- Biroz muddat o'tgach, noyabr oyida Sadriddin yana Germaniyaga qayta tibbiy ko'rikdan o'tish uchun borib keladi. O'sha erda malum reabilitaciya tadbirlari qilinadi hamda keyinchalik amalga oshirilishi lozim bo'lgan muolaja va reabilitaciya chora-tadbirlari rejasi belgilanadi. Agar barchasi rejaga asosan olib borilsa Abdullaev yana 5 oydan so'ng safga qaytishi mumkin.

- Jamoamiz to'purari Farhod Tojievni qachon maydonda ko'rishimiz mumkin?

- Bilasiz, kichik Tojiev o'sha Bunyodkor bilan bo'lgan kubok o'yinida olgan jarohatidan so'ng o'tkazilgan tibbiy tekshiruv natijalari uning boldir-tovon bo'g'imining lat eyishi va bo'g'im boylamlarining qisman uzilganligini ko'rsatdi. Malum muddat tanaffusdan keyin olib borilgan davolash muolajalari natijasida Farhodning boldir-tovon bo'g'imidagi yaxshilanish jarayoni uzoqqa cho'zilayotgani hamda kutilgan natijani beravermaganligi sababli rahbariyat bilan kelishgan holda uni xorijda xirurgik muolaja yo'li bilan davolashni lozim topdik va futbolchi Germaniyaga yuborildi. Farhod sentyabr oyida boldir-tovon bo'g'imida qilingan xirurgik muolajadan so'ng Germaniyadan qaytib keldi va noyabrda u ham reabilitaciya uchun qayta nemis klinikasiga yo'l oladi. Hammasi rejadagidek ketsa, taxminan 2 oylardan so'ng Farhodning safga qaytishi kutilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика