Lokomotiv: rekordlar og'ushidagi 2013 yil
18 noy 2013 12:59
Yangiliklar

Lokomotiv: rekordlar og'ushidagi 2013 yil
O'zbekiston XXP milliy chempionatida kumush medalga sazovor bo'lgan Lokomotiv klubi bir qator shaxsiy rekordlarini yangiladi va bu bilan 2013 yil jamoa tarixiga zarhal harflar bilan bitilishiga sababchi bo'lishdi.
Quyida shularga qisqacha to'xtalib o'tamiz:
Mag'lubiyatsiz seriya. 2013 yilgi mavsum avvalida Lokomotiv jamoasi ketma-ket 8ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi. Bu mavsum miqyosida oladigan bo'lsak, klub tarixida eng yaxshi ko'rsatkichning takroriga aylandi. Negaki o'tgan mavsumda ham temiryo'lchilar ikki bor shuncha o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriya qayd etishgandi. Biroq, bu yilgi 8 o'yinga o'tgan mavsum oxirida boshlangan 5 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyani ham qo'shadigan bo'lsak, bu safargi yurishning salmog'i ancha yuqori ekanligi oydinlashadi.
G'alabali odim. Bu yilgi mavsumning dastlabki uch o'yinida Loko futbolchilari g'alaba qozonishdi. Bunga o'tgan mavsum so'ngida kuzatilgan uch o'yinlik g'alabali seriyani ham qo'shib hisoblasak, g'alabali seriya 6 o'yinga etgani va jamoa tarixida yangi sahifa ochilgani malum bo'ladi. Bungacha jamoa eng ko'pi bilan 5ta o'yinda ketma-ket g'alaba erishgan edi.
Irodali g'alabalar. Joriy mavsumda Lokomotiv klubi besh o'yinda kuchli irodasi evaziga g'alabani yulib ketdi. Bunaqasi ham klub tarixida kuzatilmagan edi. Darvoqe, ushbu mavsumda irodali g'alabaga erishish borasida temiryo'lchilar nafaqat o'z ko'rsatkichlarini yangilashdi, balki milliy chempionatimizda ham eng yaxshi natija qayd etishdi.
Sermahsullikdagi o'sish. Lokomotiv klubi 2013 yilgi mavsumda raqib jamoalar darvozasini jami 63 marta ishg'ol qildi. Bu ham jamoa tarixida yangi rekord ko'rsatkich. Bundan avvalgi rekord o'tgan mavsumda kuzatilgan bo'lib, unda temiryo'lchilar 43ta gol urishgan. Demak, rekord bir yo'la 20ta to'pga yaxshilandi.
Kam gol o'tkazishda ham yuksalish. Bu yil Lokomotiv nafaqat sermahsullik bobida, balki o'z darvozasidan kam gol o'tkazib yuborish borasida ham ijobiy natija qayd etdi. Ular 26 o'yinda o'z darvozalaridan atigi 21ta to'p olib chiqishdi. Ushbu yo'nalishda jamoaning eng yaxshi ko'rsatkichi o'tgan yili kuzatilgan bo'lib, o'shanda temiryo'lchilar mavsum davomida o'z darvozalaridan 22ta to'p o'tkazib yuborishgan edi.
To'purarlikdagi yuksalish. Lokomotiv jamoasi tarixiga etibor qaratsak, klub safida bir qator to'purar hujumchilar to'p surishganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Marsel Idiatullin, Ilxom Mo'minjonov, Ravshan Bozorov, Olim Novkarov, Zayniddin Tojiev… Biroq, shunday hujumchilardan birontasi bir mavsumda raqiblari darvozasini 12 martadan ortiq ishg'ol qilishmagan ekan. Farhod ularga haqiqiy to'purar qanaqa bo'lishi kerakligini ko'rsatib qo'ydi. 13 o'yinda 17ta gol va bu jamoa tarixida eng yaxshi ko'rsatkichdir. Agar kichik Tojiev jarohat olib safdan chiqmaganda, ehtimol mavsum davomida urgan gollari sonini 30tadan oshirarmidi?!
Eng intizomli jamoa. Mavsum-2013da Lokomotivning hech bir futbolchisi bosh hakam tomonidan chetlatilmadi. Hali hech bir mavsumda temiryo'lchilar qiziq kartochkalar borasida mavsumni quruq o'tkazishmagan edi. Ular bungacha bir mavsumda kamida uch marotaba o'yinni maydonda kamchilik bo'lib yakunlab kelishgan. Demak, intizom borasida Lokomotiv futbolchilari sezilarli o'sishga erishibdi.
Eng yirik g'alabadagi o'sish. Jamoa o'z tarixida ikki bor raqiblari ustidan 5-0 hisobida g'alaba qozongan. Ammo, bu yil Lokomotiv bitta o'yinda raqiblari darvozasiga 6ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Yani, Gulistonga qarshi Toshkentda kechgan o'yinda temiryo'lchilar 6-2 hisobida zafar quchishdi.
Eng uzoq davom etgan quruq seriya. Lokomotiv qatorasiga 5 yoki 6 o'yinda g'alabaga erishishi mumkin, ammo bu o'yinlarda quruq seriya qayd etishi amri mahol edi. Nihoyat ushbu mavsumda temiryo'lchilar 7 bor o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, 24-26 turlar davomida o'z darvozasidan bironta ham to'p o'tkazib yubormadi. Bu ham jamoa tarixidagi yangi rekord ko'rsatkichdir.

Fikrlar