So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

"Lokomotiv" raqibi mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

"Lokomotiv" raqibi mag'lubiyatga uchradi

Doha, 14 mart -Kecha Qatar Oliy ligasining 22 - turidan o'rin olgan o'yinda Lokomotivning Osiyo CHempionlar Ligasidagi raqibi "Al-Sadd", mamlakat chempionatida uchinchi o'rinda ketayotgan "Qatar Sport" klubini qabul qildi.
Qizg'in kechgan o'yinda “temiryo'lchilar” raqibi 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Aytib o'tish joiz jamoaning ikki asosiy o'yinchisi Ali Asad va Ibrohim Majid jarohati tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishgan.

Bosh murabbiy, Vadim Abramov mazkur o'yinni stadiondan tomosha qilib, kerakli xulosalar chiqardi va jamoaga o'z ko'rsatmalarini berdi.

“Al-Cadd” futbolchilari juda tezkor, ayniqsa maydon markazida. Yagona nominal hujumchi bilan o'ynasada, ikki yarim himoyachisi maydon markazidan juda tezkorlik bilan hujumga o'tib ketish qobiliyatiga ega. SHunga qarab biz markaziy chizig'imizni mustahkamlashga harakat qilamiz”, - deydi Abramov, o'z taassurotlari bilan ulashib.

Aytib o'tish joiz, hozirgi kunda raqiblarimiz o'z chempionati taqvimida 2 o'rinda ketmoqda va o'tgan yilgi chempion “Lahviya”dan mazkur mag'lubiyatdan so'ng ancha qolib ketti.

O'ylaymizki raqiblarimizning bu mag'lubiyati Lokomotivga qo'l keladi va jamoamiz yuqori pressing qo'llab, OCHL dagi ilk g'alabasini nishonlaydi.

Ertaga, 16 mart kuni, ikki klub ishtirokida o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi va futbolchilar qanday kiyimda maydonga tushishi aniqlanadi. Tafsilotlarni saytimizda kutib qoling.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика