So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 0:0 (матнли трансляция)  22 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi sharhi Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi sharhi

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tdi.


Turnir peshqadami "Lokomotiv" chempionat autsayderi "Qo'qon-1912"jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek mezbonlarning katta ustunligida boshlandi. Andrey Miklyaev hamda Mirko Yelichich tandemi boshqaruvidagi "temiryo'lchilar"ning dastlabki xavfli hujumi gol bilan yakunlandi.

Ikrom Aliboevning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Kaxi Maxaradze boshi bilan darvozaga joyladi va hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi - 1:0.

SHundan so'ng "Qo'qon-1912" jamoasi ham oldinga o'tishga intildi. Ammo ularning tashkil etayotgan hujumlarini bartaraf etishda mezbonlar ortiqcha qiyinchilikka duch kelishmadi.

Bellashuvning uchdan bir qismi o'tib borayotgan bir pallada "Loko" sardori Temur Kapadze chamasi 16 metrlar masofadan to'pni Nikita Ribkinning ustidan chiroyli tarzda oshirib qo'yib oradagi farqni ikkitaga etkazdi - 2:0.

Goldan keyin "Lokomotiv" yana tezda hujumga o'tdi. Artur Gevorkyan Temur Kapadzega tezkor "dubl"ni rasmiylashtirishi uchun ajoyib imkoniyat taqdim etdi. Ammo Kapadze to'pga berish chog'ida muvozanatni yo'qotib sirpanib tushdi va natijada qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi.

Lekin "Lokomotiv"ning uchinchi goli muxlislarni uzoq kuttirmadi. Birinchi bo'lim tugashiga 5 daqiqa qolganida Sardor Mirzaev o'z qanotidan bir himoyachini juda chiroyli tarzda dog'da qoldirdi va darvozaning yuqori o'tkir burchagini aniq nishonga oldi - 3:0.



Birinchi bo'limda jamoalar boshqa to'p kiritishmadi.

Tanaffusdan so'ng "Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi No'mon Hasanov tezda ikkita o'zgarishni amalga oshirdi.
Ushbu bahsda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib berolmagan Otabek Zokirov va Mirjalol Qurbonov zaxiraga olindi. Ularning o'rni Abdulloh Olimov hamda Marufjon Zokirjonov bilan to'ldirildi.

"Qo'qon" jamoasi ikkinchi taymni ancha faollik bilan boshlashiga qaramay ular raqib darvozasini ishg'ol etishni uddasidan chiqa olishmadi.

"Loko" safida ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga Marat Bikmaev jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qilishni uddasidan chiqdi va uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi - 4:0.



Mazkur bahsda "Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterov ancha ishonchli o'yin namoyish etganini alohida takidlash joiz.
Nesterov "Qo'qon-1912" jamoasi tomonidan yaratilgan 3-4ta vaziyatda ajoyib harakat qildi va chiroyli seyvlari orqali jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

SHunday qilib "Lokomotiv" Oliy liganing 25-turida "Qo'qon-1912" jamoasi ustidan ishonchli hamda yirik g'alabani nishonladi va turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.

"Qo'qon-1912" esa tobora birinchi ligaga "chipta" beradigan quyi pog'onadan mustahkam o'rin olmoqda.


SHag'boz Beg'amov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика