So’nggi yangiliklar

21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  0 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  2 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  2 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  9 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3 16:39Килиан Мбаппе: "Роналду - энг зўри"  36

"Lokomotiv" - "Qizilqum" o'yini 25 avgust kuni bo'lib o'tadi. PFL mavjud holat uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'raydi Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Qizilqum" o'yini 25 avgust kuni bo'lib o'tadi. PFL mavjud holat uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'raydi

Teglar :  Lokomotiv"Qizilqum
"Bunyodkor stadioni chimini milliy jamoaning KXDR termasiga qarshi uchrashuvi uchun saqlash maqsadida mazkur bellashuv 24 avgust kuni Do'stlik" stadionida o'tkazilishi malum qilingandi.

Biroq shundan keyin PFL hamda Sport telekanaliga bog'liq bo'lmagan o'zgarishlar ro'y berdi. Xabaringiz bor, ayni vaqtda O'zbekiston futzal bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazishga puxta hozirlik ko'rmoqda. Musobaqa teletranslyasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi va buni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rish jarayonida teleradiokompaniyaning hissasi bor. 

Superliga uchrashuvida esa VAR texnikasining faoliyat olib muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun bellashuv suratga tushirilishi lozim. SHundan kelib chiqib, Sport hamda PFL o'zaro kelishgan holda har ikki klub bilan muzokara olib bordi va yakunda uchrashuvni yana 1 kunga surishga qaror qildi. 

SHuningdek, "Qizilqum" klubining U 21 jamoasi azolari Toshkentga kelishi uchun allaqachon chiptalar xarid qilinganidan kelib chiqib, o'rinbosarlar o'rtasidagi uchrashuv sanasiga o'zgartirish kiritilmadi. Kelishuvga ko'ra, asosiy va U 21 jamoalari o'yini 25 avgust kuni parallel ravishda bo'lib o'tadi. Asosiy bellashuv 18:00 da start oladi. 

PFL mavjud holat uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'raydi. Ayni vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini belgilangan tartibda o'tkazish uchun barcha vositani ishga solib kelmoqdamiz. Biroq PFLga taaluqli bo'lmagan boshqa masalalar ham borki, oxir-oqibat ular bilan hisoblashishimiz lozim. Umid qilamizki, jamoatchilik vaziyatni to'g'ri tushunadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика