So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  0 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  1 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0

“Lokomotiv” Qatar grandi sinovida Yangiliklar

“Lokomotiv” Qatar grandi sinovida

Qatarning 13 karra chempioni hisoblangan Al Sadd Osiyoda ham mashhur jamoalardan biri sanaladi.
Bu klub Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish bo'yicha rekordchilardan hisoblanadi. “Lokomotiv” esa Doxada ushbu jamoa sinovidan o'tadi. Mazkur bellashuv “temiryo'lchilar” uchun juda muhim ahamiyatga ega.

AL SADD FUTBOL KLUBI
Laqabi:
Boss, Bo'rilar
Tashkil topgan sanasi: 1969 yil 21 oktyabr
Stadioni: Jassim Bin Hamad, Doxa (15 ming muxlisga mo'ljallangan)
Bosh murabbiyi: Hussayn Ammuta (Marokash)
Erishgan yutuqlari: 13 karra Qatar chempioni, 14 marta Qatar Amir Kubogi sohibi, 13 bor SHayx Jassim Kubogi sohibi,  bir marta Yulduzlar Kubogi sohibi, Osiyo Klublari chempionati g'olibi (1989, 2011), Osiyo Kubok egalari Kubogida 3-o'rin sohibi (1992).



Al Saddning tashkil qilinish tarixi to'rt talaba bilan bog'liq. Ular o'zlarining shaxsiy sport klublari bo'lishini istashgan va 1969 yil ushbu jamoa tashkil topgan. 1973-74 yilgi mavsumda milliy chempionatda zafar quchib, o'zining ilk sovrini besh yil ichidayoq qo'lga kiritishni uddalagan. 1989 yilda esa Osiyo Klublari chempionati finalida Iroqning Al Rashid jamoasini engib, Qatar klublari orasida Osiyo Kuboklarida g'alaba qozongan ilk jamoaga aylangan.

1991 yilgi mavsumda Ko'rfaz chempionatini yutgan Sadd shu bilan katta muvaffaqiyatga 2011 yilda erishdi. O'shanda CHempionlar ligasida ishtirokini saralash bosqichida maydonga tushishdan boshlagan jamoa oxir-oqibat bosh sovrin sohibiga aylandi. 2007 yil urugvaylik murabbiy Xorxe Fossati boshchiligida Al Sadd Qatar ichki musobaqalarining to'rttasida zafar quchib, mamlakat rekordini o'rnatishdi. Bungacha hech bir jamoa o'zi ishtirok etgan barcha turnirlarda zafar quchmagandi.

Eslatib o'tamiz, Al Saddning futbol klubidan tashqari gandbol, basketbol, voleybol, stol tennisi va atletika sport klublari ham faoliyat ko'rsatadi. Ular bilan ham jamoa katta g'alabalarga erishib keladi.



“Sadd” o'zbek klublari bilan to'qnashuvlarda o'z maydonida faqat g'alaba qozonib kelgan.

Jamoa uy uchrashuvlarini Osiyoda eng yaxshi stadionlardan biri bo'lmish Jassim Bin Hamadda o'tkazadi. 15 ming muxlisni bag'riga sig'diradigan ushbu stadion faqatgina futbol o'yinlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan. Maydon holati va stadiondagi sharoitlar bo'yicha u qitadagi eng yaxshilardan biri hisoblanadi.

Jamoani 2012 yildan beri marokashlik murabbiy Hussayn Amotta boshqarib kelmoqda. U futbolchi sifatida “Al Sadd” safida katta yutuqlarga erishgan. Endi buni murabbiy sifatida amalga oshirishga urinib kelmoqda.



Hussayn AMOTTA
Tug'ilgan sanasi:
24.10.1969
Tug'ilgan joyi: Hemiss, Marokash
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1988–1990 “Ittihod Xemiss”, 1990–1996 “Rabot”, 1996–1997 “Riyod”, 1997–2001 “Al Sadd”, 2001–2003 “SHarja”, 2003 “Qatar SK”, 2003 “Zemmus”.
Boshqargan jamoalari: 2003 “Zemmus”, 2004–2008 “Ittihod Hemiss”, 2008–2011 “Rabot”, 2012 yildan beri “Al Sadd”da.
Yutuqlari: Qatar chempioni-2000, 2013, Qatar Amir Kubogi sohibi-2000, 2001, 2014, AFK Kubogi sohibi-2010.

“Sadd” tarkibida Grafite, Muriki, Nodir Belhoj va Li Yung Su kabi legionerlar harakat qilishadi. Muriki 2013 yil Osiyoda eng yaxshi legioner futbolchi deb topilgan. SHuningdek, CHempionlar ligasi to'purari va eng foydali futbolchisiga atalgan sovrinni o'ziniki qilib olgan. Qatar yulduzi Ibrohim Xalfan va Hasan Haydos ham har qanday raqibga muammo yaratadigan o'yinchilar safiga kiradi.



Darvozabonlar
1. Saad SHib
22. Muhammad Naim
30. Muhammad Saqr

Himoyachilar
3. Abdulkarim Hassan
5. Almahdi Muxtor
6. Muhammad Kasola
13. Ibrohim Majid
19. Nosir Nabil
39. Nodir Belhoj (Franciya)
40. Li Yung Su (Janubiy Koreya)
70. Musaab Xidir
90. Meshaal SHammari
96. Abdulrahmon Nossir

Yarim himoyachilar
8. Ali Asadalla
10. Ibrohim Xalfan
11. Hasan Haydos
15. Talal Blushi
17. Solih Yazidi
18. Omar Yahyo
27. Yosir Yahyo
29. Ayub Mashhur
80. Abdulla Misaiki

Hujumchilar
9. Muriki (Braziliya)
20. Yusuf Ahmad
32. Grafite (Braziliya)
37. Hamza Sanhaji
94. Hamad Mansur


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика