"Lokomotiv" PFK "UZTELECOM" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi
05 mar 2019 16:06
Yangiliklar


"Lokomotiv" PFK "UZTELECOM" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi
O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan hamda har jabhada o'rnak bo'lishga harakat qilayotgan “Lokomotiv” professional futbol klubining hamkorlari soni ortdi.
“Lokomotiv” PFK yurtimizning mashhur kompaniyalaridan biri UZTELECOM bilan o'zaro hamkorlikka imzo chekdi. Bundan buyon UZTELECOM asosiy titul homiyimiz “Orient Finans Bank” kabi “Lokomotiv” futbol klubining titul homiysi hisoblanadi hamda jamoa kiyadigan futbolkalarning orqa qismidagi raqam ostiga kompaniya yozuvi tushiriladi.
Malumki, “Lokomotiv” PFK shu paytga qadar “Orient Finans Bank” (OFB), “Joma” sport kiyimlari, “Alskom” sug'urta kompaniyasi, “Sayhun” ichimlik suvi, “Sarkor Telecom” internet provayderi, “O’zbegim Taronasi” radiosi, “Osiyo” kolbasa mahsulotlari kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish yuritib kelayotgandi. Endilikda hamkorlarimiz soni yana oshganidan mamnunmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar