So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  4 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

“Lokomotiv” PFK mehribonlik uyining chempion bolalari uchun iftorlik dasturxoni yozdi Yangiliklar

“Lokomotiv” PFK mehribonlik uyining chempion bolalari uchun iftorlik dasturxoni yozdi

Yaqindagina Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Unda ilk bora O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz o'zlarining ilk ishtiroki bo'lishiga qaramay barcha raqiblarini mardonavor tarzda mag'lub etishdi va yakunda Jahon chempioni unvoniga ega chiqishdi. Jamshid Asadov shogirdlari ushbu turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya etishning uddasidan chiqishdi.

Qo'lga kiritilgan bunday muvaffaqiyat “Lokomotiv” professional futbol klubi rahbariyati va hodimlarini ham befarq qoldirmadi. Zero “Lokomotiv” PFK joriy yil avvalidan buyon poytaxtimizda joylashgan 23-sonli mehribonlik uyi futbol jamoasini har tomonlama qo'llab-quvatlab, ularga homiylik qilib kelmoqda. Mundialda ishtirok etgan terma jamoamiz o'zagini ham ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashkil etishdi.

Muborak Ramazon oyi davom etayotgan ushbu qutlug' kunlarda “Lokomotiv” PFK Jahon chempionligini qo'lga kiritgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun iftorlik dasturxoni yozdi. Bugun terma jamoamiz vakillari “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurishdi. Ular klub qarorgohida “Lokomotiv” asosiy tarkibi futbolchilari hamda murabbiylari bilan suhbat qurib, Jahon chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi. Katta akalari esa ushbu yosh futbolchilarga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика