Lokomotiv PFK 2 million so'm jarimaga tortildi
24 sen 2014 13:05
Yangiliklar


Lokomotiv PFK 2 million so'm jarimaga tortildi
Lokomotiv PFK o'z rasmiy saytida Oliy Liga 18-turi doirasidagi Lokomotiv – Bunyodkor (1:2) uchrashuvidan so'ng bosh hakam Valentin Kovalenko 4 o'yinga diskvalifikaciya qilingani haqidagi tekshirilmagan axborotni elon qilgani munosabati bilan intizomiy jazoga tortildi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 2-bo'lim, 5.37-bandi)ga asosan, Lokomotiv PFK 2 million so'm jarimaga tortildi va shunday holatlar yana takrorlanadigan bo'lsa, yanada qatiyroq choralar ko'rilishi haqida ogohlantirildi.

Fikrlar