So’nggi yangiliklar

01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  4 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  0 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  0 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  6 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  10 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   3

"Lokomotiv" "Paxtakor" oldida chorasiz qoldi Yangiliklar

"Lokomotiv" "Paxtakor" oldida chorasiz qoldi

Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Lokomotiv (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent) 1:3
21 oktyabr 2014. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Amar Ali Abdulla al-Junaybi, Hasan Muhammad Hasan al-Maxriy, Zayd Dovud Salmon Kamol (barchasi – BAA), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Gollar: Krimec (2), Miladinovich (44), SHog'ulomov (54), Merzlyakov (76)

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Bobur Yo'ldoshev, Ibrohim Rahimov, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Lutfulla To'raev, Fozil Musaev (Dilshod Rahmatullaev, 55), Farhod Tojiev (Alisher SHog'ulomov, 50), Aleksandr Geynrix, Jasur Hasanov, Viktor Karpenko (Filipposyan, 77).

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Davron Hoshimov, Kamoliddin Tojiev, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak (Ismatullaev, 90), Igor Sergeev (Qilichev, 90), Bahodir Pardaev (Andreev, 57).

Ogohlantirishlar: Krimec (28), Merzlyakov (55), Hasanov (72), Yo'ldoshev (79), Rahmatullaev (88), Miladinovich (89).


                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                            
YANGILASH




UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Paxtakor" chempionlik uchun katta qadam tashladi!



90`
"Paxtakor"da yana o'zgarish. Igor Sergeev o'ringa Oybek Qilichev maydonda paydo bo'ldi.


90`
"Paxtakor"da o'zgarish. Vladimir Kozak o'rniga Akbar Ismatullaev tushdi.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


89`
Boyan Miladinovich ham sariq kartochka ishlab oldi.


88`
Dilshod Rahmatullaev ogohlantirildi.


87`
Islom To'xtaxo'jaev jarima zarbasini chiroyli amalga oshirdi. Lekin uning yo'llagan zarba chsi mo'ljalga aniq bormadi.



86`
Alisher SHog'ulomovga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi.


85`
Dilshod Rahmatullaevning tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib qaytdi.


84`
Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. "Loko" tepadi.


83`
Vaqt o'tib bormoqda., "Loko" esa chempionlik poygasini sekin tark etmoqda...


82`
Islom To'xtaxo'jaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


81`
"Paxtakor" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi va pozicion hujumlarni tashkil etmoqda.


79`
Bobur Yo'ldoshev raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi. Ogohlantirish.


78`
Viktor Karpenko o'rniga Artyom Filipposyan tushirildi.


77` "Paxtakor"ning uzoq o'ylagan hujumi samara keltirdi. "Lokomotiv" endi mag'lubiyatdan qutulib qolish choralarini qidirishga majbur...


76` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MERZLYAKOV!
Igor Sergeevning tepgan to'pini Nesterov qaytardi. Qaytgan to'pni  Merzlyakov darvozaga aniq yo'lladi, 1:3!


74`
Ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik "Lokomotiv" jamoasi tarafida.


73`
Jasur Hasanov juda qo'pol harakat uchun ogohlantirildi. Boshlandi asablarni jilovlay olmaslik...


72` NIMA BU???? ALISHER SHOG'ULOMOV!!!!!!!!! QANI GOL?????
Yuz foizlik imkoniyatni qo'ldan boy bermoqda SHog'ulomov. Lobanov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Alisher darvozaga aniq zarba bera olmadi.


71`
Futboldan chetlashmang! Geynrix va Boyan Miladinovich orani ochiq qilishga kirib ketishdi.


70`
Davron Hoshimov ogohlantirildi.


69`
Ibrohim Rahimov Aleksandr Merzlyakov bilan to'p uchun kurashda mag'lub bo'ldi.


67`
Boyan Miladinovich himoyada ishonchli harakat qildi va to'pni o'z jarima maydonchasi ichidan uzoqlashtirdi. Aleksandr Geynrix to'pga zarba berishga hozirlanayotgan edi...


67`
Viktor Karpenko qarib qolganini tushunish kerak. Hozirgi vaziyatda Karpenko jamoasi hujumini rivojlantiraman deb tezlikni pasaytirib yubordi.


65`
"Temiryo'lchilar" tezlikni oshirishdi. "SHerlar" o'z "o'lja"larini (darvoza) himoya qilish bilan bandlar.


64`
Igor Sergeev Lutfullo To'raevning xatosidan foydalanib to'pni olib qo'ydi. Keyingi harakatida esa to'pni yo'qotdi va yiqildi. To'raqol Igor, o'yin davom etadi. BAAlik hakam bu vaziyat ortiqcha etibor qaratmadi.


63`
Alisher SHog'ulomovning maydonga tushirilishi "temiryo'lchilar" o'yinini kuchaytira oldi.


62`
Ignatiy Nesterovga tibbiy yordam ko'rsatildi.


61`
Burchak to'pidan uzatilgan to'pni Nesterov mushtlari bilan qaytarib yubordi.


60`
Stanislav Andreev!!!!!!!! Zarba! Nesterov!!! CHamasi 30 metrlar masofadan darvoza tomon tepilgan zarbani Nesterov qaytarib yubordi. Burchak to'pi.


59`
Navbatdagi burchak to'pi. Bu safar "sherlar" himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.


58`
"Paxtakor" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda. "Loko" esa aksincha raqibini "bug'ib" qo'yshmoqda.


57`
Bahodir Pardaev o'rniga Stanislav Andreev tshirildi.


56` "Lokomotiv"dan hujumlar yomg'iri!!!! Merzlyakov qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.


55` "Loko" safida navbatdagi o'zgarish. Fozil Musaev o'rniga Dilshod Rahmatullaev tushirildi.


54` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ALISHER SHOG'ULOMOV!
Hozirgina maydonga tushgan SHog'ulomov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi, 1:2!
 

54` Jamshid Iskandarov bu safar Nesterov darvozasi tomon zarba berdi.



53`
Igor Sergeevning darvoza tomon tepgan zarbasini Nesterov ushlab oldi. Zarba kuchsiz chiqdi.


51`
Vadim Abramov hujum chizig'iga yangi futbolchini tashladi. SHog'ulomov endi Lobanov darvozasiga xavf soladi.


50`
"Loko" safida o'zgarish. Farhod Tojiev o'rniga Alisher SHog'ulomov tushirildi.


49`
Kozak to'pga biroz kech qoldi. Qarshi hujum yakuniga etmay qoldi.


49`
Lobanov yana bir bor o'zini ko'rsatmoqda. "Loko" uyg'ondi! Hujumlar ketma-ketligi davom etmoqda...


48` IBROHIM RAHIMOV!!!!!!!!!!!!!! ALEKSANDR LOBANOV!!!!



48`
Aleksandr Geynrix oshirib bergan to'pni himoyailar bartaraf etishdi. Burchak to'pi.


47`
"Lokomotiv" hujum bilan ikkinchi taymni boshlashmoqda. Jarima zarbasi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!



45`
Qarshi hujum! Bahodir Pardaev!!!! Hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi... 


45`
"Paxtakor" himoyachilari ikkinchi qavatda aniq harakat qilishmoqda.


45`
"Lokomotiv" burchak to'pi tepadi.


45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44`
"Loko" uyg'ondi! Lobanov jamoasini goldan qutqarib qolmoqda...


44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BOYAN MILADINOVICH!!
Yana burchak to'pi va bu safar Boyan Miladinovchi boshi bilan juda chiroyli tarzda darvozani ishg'ol etmoqda! QOYIL!


43`
Aleksand Lobanov to'pga o'z vaqtida chiqib keldi va to'pni egallab oldi.


42`
Jasur Hasanov simulyaciya ishlatdi. BAAlik hakam hammasini ko'rib turgandi. Hasanovga qarab: "Yo'q penalti, turaqol o'rningdan" dedi...


41`
Aleksandr Geynrixning Lobanov qo'riqlayotgan darvozaga bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. 


40`
Igor Sergevning erlatib uzatib bergan to'pini KOzak to'xtatmasdan darvozaga tepdi. Noaniq.


38`
Maydon markazida Pardaevga nisbatan qoida buzildi.


37`
Aleksandr Geynrixning toqati tog' bo'ldi. Sasha uzoq masofadan darvozani nishonga olmoqchi edi. Leking u bergan zarba noaniq ketdi.


36`
Egor Krimec to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Aleksandr Geynrix tezda jamoasi hujumini boshlab berdi. Ammo Jasur Hasanovning darvoza tomon tepmoqchi bo'lgan zarbasi himoyachiga tegdi va o'z yo'nalishini o'zgartirdi.


35`
Eng qizig'i, "Lokomotiv" futbolchilari Lobanov darvozasi oldida aytarli xavfli vaziyatlar yarata olishmayapti.


34`
Mehmonlar tomonidan tashkil etilgan hujum samarasiz yakunlandi.


32`
O'yin tezligi biroz pasaydi.


29`
"Lokomotiv" jarima zarbasini amalga oshirdi. Jasur Hasanovning tepgan to'pi mo'ljalga aniq bormadi.


28` Egor Krimec hakam tomonidan ogohlantirildi.



27`
Jasur Hasanov to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib bermoqchi bo'ldi. To'p esa Kamoliddin Tojievning qo'liga tegdi. Lekin BAAlik hakam bu vaziyatda penalti belgilamadi. To'p qo'lni topdi deb hisobladi.


26`
Jamshid Iskandarov!!!! Lutfullo To'raev bilan bo'layotgan o'zaro "duel"da g'olib chiqmoqda...


24`
Davron Hoshimov raqib hujumini to'xtatib qolmoqda.


23`
Aleksandr Lobanov osonlik bilan to'pni egallab olmoqda.


22`
Aleksandr Geynrixning darvoza tomon tepgan zarbasi himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.


22`
Islom To'xtaxo'jaevning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.


21`
Burchak to'pi. Mezbonlar amalga oshirishadi.


20`
"Lokomotiv"!! Xavfli tus olayotgan hujumni Ibrohim Rahimov uzib qo'ydi.


19`
Jamshid Iskandarovga qoyil! CHiroyli driblinggi bilan ikki futbolchi orasidan bemalol o'tib ketmoqda.


18`
Maydon markazi oldidan mezbonlar jarima zarbasi tepishdi. Aleksandr Geynrixning bergan zarbasini Lobanov ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.


17`
"Loko" uyg'onishi kerak! CHempionlik bahsi bu!


16`
Jamshid Iskandarovdan chiroyli harakatlar... Fozil Musaev va Lutfullo To'raev bu vaziyatda tomoshabin rolida...


16`
Fozil Musaev shifokorlardan tibbiy yordam oldi va maydonga qaytdi.


15` Bahodir Pardaev!!!!!!!!
Hisob o'zgarishi mumkin edi. Ignatiy Nesterov bu vaziyatda ildamroq harakat qildi va to'pga birinchi bo'li egalik qildi.


14`
Vladimir Kozak jamoasining navbatdagi hujumi paytida noaniq harakat qildi va natijada to'p oldirildi.


13`
Aleksandr Geynrixning chiroyli yiqilishiga BAAlik hakam etibor ham qaratmadi. O'xshamadi, Sasha. Tanib qolishdiyu:-)



12` Jamshid Iskandarov!!!!!!!!!! Nesterov!!!!! Iskandarov jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Erlatib yo'naltirilgan to'pni Nesterov bartaraf etishga erishdi.



11`
Stanislav Andreevga nisbatan qoida buzildi. Jarima to'pi. Xavfli nuqta.


10`
"Lokomotiv" jamoasi to'pni nazorat qilmoqda. "Paxtakor" esa ularni o'z jarima maydonchasi oldida kutib olishmoqda.


8`
"Loko"dan Jasur Hasanov eng faoli hozircha. Uning navbatdagi "reyd"i xavfli chiqdi. Lekin mehmonlar himoyachisi so'nggi pallada ishonchli harakat qildi.


7`
Jasur Hasanov o'z qanotdan yurish qildi. Lekin uni boshlagan hujumini yakuniga etkazib qo'yadigan futbolchi topilmadi.


6`
"Paxtakor" yana hujumda. Jarima zarbasi ishlab olishdi mehmonlar.


5`
"Lokomotiv" futbolchilari ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana olishmadi.


4`
Aleksandr Geynrix jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


3`
Dastlabki daqiqalardanoq "Paxtakor" raqibini "ezib" qo'ymoqda. "Loko" futbolchilari himoyalanish bilan band.


2` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!
KRIMEC! Burchakdan oshirib berilgan to'pni Egor Krimec boshi Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi, 0:1!


2`
"Paxtakor" o'yinni hujumkorlik bilan boshlamoqda. Burchak to'pi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!!!!!



-  Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishmoqda.


- To'g'risini aytganda, OAV vakillariga yaratilgan sharoitni yaxshi deb bo'lmaydi. Mantli onlayn translyacini tribunada o'tirgan holda amalga oshirishga majburmiz.


- TTZdagi "Lokomotiv" stadioniga muxlislar tashrifi davom etmoqda. Hozircha taxminan 3-4 mingga yaqin ishqibozlar kelishgan.


- Jamoalar maydonda o'yin oldi chigalyozdi mashqlarni bajarishmoqda.


- Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Oliy liganing 20-turi qoldirilgan uchrashuvi "Lokomotiv" - "Paxtakor" o'yinidan reportajamizni boshlaymiz! CHempionlik bahsida kimning qo'li baland kelishini yaqin soatlar ichida bilib olamiz.


- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика