So’nggi yangiliklar

23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  1 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  7 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  20 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  9 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  83 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  9 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  3

"Lokomotiv" o'rinbosarlari birinchi davraning qolgan beshta o'yinida g'alaba qozonishga vada berishdi Yangiliklar

"Lokomotiv" o'rinbosarlari birinchi davraning qolgan beshta o'yinida g'alaba qozonishga vada berishdi

Yoshlar ligasida qatnashayotgan "Lokomotiv" o'rinbosarlarining bu yilgi ishtirokini zo'r deb bo'lmaydi.
Yoshlarimiz ortda qolgan 10ta tur natijalariga ko'ra, 11 ochko bilan 12-o'rinda borishyapti. Jamoa uchta uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, ikki bor durang o'ynadi va besh marta mag'lubiyatga uchradi.

Ayniqsa, o'rinbosarlarimizning o'z maydonida endi bu yil oliy ligaga chiqqan "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'lishi ko'pchilikka alam qildi. Negaki yoshlarimiz 1:0 hisobida oldinda borayotib keyinchalik ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. Natijada oradan ko'p o'tmay, "Lokomotiv" PFK rahbariyati o'rinbosarlar jamoasi bilan uchrashib, o'ziga xos yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishni "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, klub sport direktori Ravshan Muqimov hamda jamoa boshlig'i Qobil Yunusov olib borishdi. Yig'ilishda shuningdek, o'rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi Ruslan Ahmedxonov, katta murabbiy Konstantin Kuznecov, murabbiy Vadim Valickiy hamda "Lokomotiv" bolalar-o'smirlar futbol maktab direktori Erkin Saidov ishtirok etishdi.

Yig'ilishda dastlab "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov so'z olib, o'rinbosarlarimiz ko'rsatayotgan natijalar klub rahbariyatini umuman qoniqtirmayotganini aytib o'tdi. "Jamoamiz o'rinbosarlari oldiga qo'yilgan maqsad bitta: yaxshi o'yin ko'rsatgan holda asosiy tarkib bosh murabbiyi etiborini qozonish hamda asosiy tarkibga o'tish. Buning uchun futbolchida xarakter shakllanishi lozim. Bizning yoshlar jamoamizda esa mana shunday xarakter ko'zga tashlanmayapti", - deya takidladi. T.Akramov.
Yig'ilish davomida o'rinbosarlar tarkibida to'p tepayotgan bir nechta futbolchiga klub rahbariyati tomonidan jiddiy etirozlar bo'ldi. Xususan jamoa sardori va hujumchisi Temur Usmonovning gol ura olmayotgani (vaholanki, u yoshlar terma jamoamizga nomzod hisoblanadi), yarim himoyachi Xumoyun Abdualimovning murabbiylarga gap qaytarayotgani, Orifxo'ja Abduxoliqovning esa doim nimadandir ayb topishi (u gol urishi uchun vaqt etmayotgan ekan) keskin tanqid ostiga olindi.

To'labek Akramov futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida to'xtalib, bu borada ham jiddiy ishlash kerakligini aytdi. "Yoshlar jamoamizda o'yinchilarning jismoniy holati ko'ngildagidek emas. Futbolchilar tez charchab qolishyapti. Demak, futbol maktabimiz murabbiylari bunga etarlicha etibor berishmayapti. Futbolchi jamoaviy mashg'ulotdan tashqari individual tarzda ham ishlashi, o'z tanasini doim chiniqtirib borishi lozim. Qaysidir futbolchi bundan keyin mashg'ulotga kech qolsa yoki uzrsiz sababga ko'ra kelmasa, klub tomonidan jarimaga tortiladi. Yoshlarimizda avvalo jamoaviy xarakterni shakllantirish lozim, shundagina ulardan ijobiy natijani kutsak bo'ladi" - deydi T.Akramov.

Yig'ilishda "Lokomotiv" PFK sport direktori Ravshan Muqimov hamda jamoa boshlig'i Qobil Yunusov ham so'zga chiqib, o'rinbosarlarimiz namoyish etayotgan o'yin borasida o'z fikrlarini bayon etishdi. Asosiy etiroz baribir futbolchilarning o'ziga borib taqaldi. Malumki, birinchi davra tugashiga yana beshta tur qoldi. "Lokomotiv" o'rinbosarlari qolgan o'yinlarni safarda "Buxoro", "SHo'rtan" va "Mashal", uyda esa "Qizilqum" hamda "Navbahor"ga o'tkazishadi. Futbolchilarimiz mana shu o'yinlarning hammasida g'alaba qozonishga vada berishdi. Berilgan vadani bajarish masuliyati esa o'rinbosarlar jamoasi murabbiylar shtabiga yuklatildi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика