So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  48 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  8 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  7 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

"Lokomotiv" - "Navbahor". Dastlabki o'yinda "temiryo'lchilar" ustun! Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Navbahor". Dastlabki o'yinda "temiryo'lchilar" ustun!

"Lokomotiv" va "Navbahor" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

"Lokomotiv" - "Navbahor" 2:0

27 may. Toshkent. TTYMI stadioni. 18:00.

Gollar: Bikmaev 62, 89.

"Lokomotiv": Nesterov, Mullajonov, Rahmatullaev (Bikmaev 58), Abduholiqov, To'raev, To'xtaxo'jaev, SHoahmedov, Rahimov, Yanichich, Zoteev (Hasanov J.O. 74), Koyashevich (Kopadze 53).

Zaxira: Qobuljonov, Hasanov J.J, Mustafoev,  Aliboev.

"Navbahor": Melenchuk, Samadov, Ahmedov, Boydadaev, Mahmudov, Mamazulunov (Baqoev 46), Hasanov, Jabborov, Rijko, Akbarov, Georgiev (Mamadaliev 78).

Zaxira: Xodjaev, Kagirov, SHixov, Bobojonov,  Erkinov.


Ogohlantirishlar: Melenchuk 12, Georgiev 14, Mahmudov 34, Zotev 67, Mullajonov 70, Baqoev 83.

CHetlatish: Jabborov 64.

--------------------------------------------------------------------------

94. O'yin yakunlandi. Dastlabki o'yinda mezbonlar ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonishdi.


91. "Loko"dan yana bir hujum. Biroq, SHoahmedov o'z vaqtida to'pni Bikmaevga etkazib bera olmadi.


89. GOOOOOLLL!!!  Yana Marat Bikmaev! Demak 2:0!


83.  Baqoevga ogohlantirish. To'raevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun.


82. Abduholiqovning pasidan so'ng SHoahmedovda ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Biroq, buning foydasi bo'lmadi.


79. Baqoevga mezbonlar jarima maydonchasi ichida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U Nesterov bilan bo'lgan to'qnashuvda kichik jarohat oldi shekilli.


78. "Navbahor"da o'zgarish. Georgiev o'rniga Mamadaliev maydonga tushdi.


74. Zoteev o'rniga Jasur Hasanov tushirildi. Kattasi.


70. Mullajonovga ogohlantirish.


67. Zoteev Ahmedovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.


64. Dilshod Jabborovga qizil kartochka. U asablarini jilovlay olmayotgandi...


62. GOOOOOOLLLL! MARAT BIKMAEEEEVV!!! Ibrohim Rahimovning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini yaqindagina zahiradan maydonga tushgan futbolchi boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.


60. To'p nazorati to'lig'icha "temiryo'lchilar" tomonda.


58. Dilshod Rahmatullaev o'rniga Marat Bikmaev maydonga tushdi.


53. Koyashevich o'rniga Kopadze maydonga tushirildi.


51.  Zoteevdan zarbaaa! Biroz noaniq...


48. Koyashevich to'pni Abduholiqovga uzatib berganida havfli vaziyat guvohiga aylanishimiz mumkin edi...


46. Baqoev Mamazulunov o'rniga maydonga tushirildi.


Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Tanaffus!


45. Birinchi bo'lim yakunlandi!


41. Sanjar SHoahmedovdan kuchli zarba! Lekin to'p raqib himoyachilaridan biriga tegdi.


40. Abduholiqovdan zarba va darvozabondan navbatdagi seyv!


38. O'ng qanotda yana Koyashevich yolg'iz raqib futbolchilari qurshovda qolib ketmoqda. Unga yordamga hech kim bormayapti.


34. Mahmudov ogohlantirildi. To'raevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun.


31. O'yinning 31-daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada stadiondagi tablo ayni paytdagi harorat 31 daraja issiq ekanligini ko'rsatib turibdi.


30. Jabborovning jarimadan bergan zarbasi noaniq.


29. Bu vaziyatda Samadov simulyaciya ishlatdi. Hakam buni sezmadi. Lekin, biz o'tirgan joydan buning simulyaciya ekanligi yaqqol ko'rinib turgandi.


28. Koyashevichdan zarba! Darvozabonga yana bir bor qoyil!


27. Bu vaziyatda Rijko to'pni qaytarib qoldi. Aks holda Temurxo'ja birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.


25. Zoteev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


23. Mamazulunovni yiqitishdi.


20. Yana qo'pollik. Yana Rahmatullaevga. Bu safar Alisher Mahmudov uni yiqitdi.


17. Dilshod Rahmatullaevdan yana bir noaniq zarba.


14. Georgiev Rahmatullaevni maydon markazi yaqinida yiqitgani uchun ogohlantirildi!


13. Zarbaaaa!!! Koyashevichdan noaniq penalti! Darvozabonga qoyil! Hisob o'zgarmay qoldi!


12. Penalti! Zoteevni yiqitgani uchun darvozabon Melenchukka sariq kartochka!


10. "Navbahor" futbolchilaridan ikkita kuchli zarba. O'z o'rnida Nesterovdan ikkita ajoyib seyv!


7.  Temurxo'ja chamasi 25 metrlardan zarba berdi. Lekin,t to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


5. Bu orada Rahmatullaev ikki marotaba kuchli zarbani amalga oshirishga ulgurdi. 


3. O'ng qanotda Temurxo'ja Abduholiqov to'p uchun kurashdan so'ng burchak zarbasiishlab oldi.


1. Mehmonlar o'yinni boshlab berishdi!


O'yin boshlandi!


Mezbonlar qizil rangli, namanganlik futbolchilar esa oq rangli liboslarda harakat qiladilar.


Jamoalar maydonga chiqib kelmoqdalar!


Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari! O'zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" o'yinidan matnli translyaciyani boshlaymiz!



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика