"Lokomotiv" - "Nasaf". Mehmonlarda ham ikkita yo'qotish
30 iyu 2021 12:06
Yangiliklar
"Lokomotiv" - "Nasaf". Mehmonlarda ham ikkita yo'qotish
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Biroz oldin "Lokomotiv" safida ikki futbolchi maydonga tusha olmasligi haqida xabar bergandik.
"Nasaf"da ham bugun ikki futbolchi maydonga tushmaydi. CHap qanot himoyachisi SHerzod Narsullaev "So'g'diyona" bilan o'yinda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi va diskvalifikaciya muddatini o'tamoqda. "Mashal" bilan bahsda esa G'olib G'aybullaev mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi va 13-turni o'tkazib yuborishi talab etiladi.
"So'g'diyona" bilan bahsda ikkinchi sariq kartochka orqali maydondan chetlatilgan Husniddin Aliqulov esa diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi va bugungi o'yinda ishtirok eta oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar