"Lokomotiv" muxlislari Denisovga minnatdorchilik bildirishdi
16 iyu 2019 01:05
Yangiliklar


"Lokomotiv" muxlislari Denisovga minnatdorchilik bildirishdi
Biroz oldin, RPLning ilk turi doirasida Lokomotiv o'z maydonida Rubin bilan murosa (1:1) yo'lini tanladi.
Mazkur bahs vaqtida «RJD Arena»ga yig'ilgan «temiryo'lchilar» muxlislari «Loko»ning sobiq azosi Vitaliy Denisovga atab banner tayyorlashdi. Unda esa «Barchasi uchun rahmat senga Vitaliy Denisov», so'zlari yozilgandi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli himoyachi 2013 yilda Ukrainaning «Dnepr» klubidan moskvaliklar safiga kelib qo'shilgandi. SHu vaqt oralig'ida Vitaliy jamoa bilan Rossiya chempionligini va ikki bora mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Denisov o'tgan mavsumni ijara asosida «Krilya Sovetov»da o'tkazdi va joriy yilning yozida esa u erkin agent sifatida qozonliklar azosiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar