“Lokomotiv” Minsk yig'inini yakunlab Toshkentga qaytdi
20 iyu 2017 18:17
Yangiliklar
“Lokomotiv” Minsk yig'inini yakunlab Toshkentga qaytdi
O'zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” ikkinchi davraga munosib hozirlik ko'rish maqsadida Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etdi.
11 iyuldan Minskda shug'ullangan “temiryo'lchilar” bugun xorij yig'inini yakunlab Toshkentga qaytishdi. “Lokomotiv” yig'in davomida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Dastlab “Dnepr Mogilyov” 4:1 hisobida taslim etilgan bo'lsa, ikkinchi nazorat o'yinida “Gomel” bilan 1:1 hisobida durang o'ynaldi. So'nggi uchrashuv “Sluck” klubiga qarshi kechdi va unda "temiryo'lchilar" 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
Minsk yig'inini yakunlagan "Lokomotiv" bugun Toshkentga qaytib keldi. Jamoa endi O'zbekiston kubogi 1/4 final javob bahsi doirasida “Buxoro” bilan o'yinga hozirlikni boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar