So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Lokomotiv" - "Metallurg". CHiptalar sotuvidan tushgan barcha pullar xayriyaga yo'naltiriladi Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Metallurg". CHiptalar sotuvidan tushgan barcha pullar xayriyaga yo'naltiriladi

Toshkentning "Lokomotiv" klubidan navbatdagi oliyjanob qadam.

Kecha saytimizda Toshkent futboli tarbiyalanuvchisi: Yana bir bor onamni yo'qotishni istamayman, yordam! nomli xabar chiqqan edi.

Unda quyidagi jumlalar yozilgan edi:

Poytaxt chempionatida to'p tepayotgan bir bolakayning otasi dardli mavzu bo'yicha murojaat qildi.

O'g'lim yoshligidayoq onasini yo'qotdi, birinchi ayolim saraton kasalligi bilan bu dunyoni tark etdi. Taqdirning sinovini qarang, hozirgi onasi ham buyrak qurishi kasalligi bilan og'riyapti va tezroq "operaciya" qildirmasak shifokorlar oz vaqt qolganini aytishyapti. SHuning uchun ming xijolat bilan oldingizga keldim. O'g'lim yana bir bor onasini yo'qota olmaydi.

"Lokomotiv" klubi ushbu xabarga darhol munosabat bildirdi:

Har bir insonga yordam qo'lini cho'zish,  ham ruhan, ham moddiy jihatdan dalda bo'lish biz o'zbeklarga xos. Tafakkurimiz, qalbimiz tubida kichik bir bir narsa uzilgandek bo'ladi bunday xabarlarni o'qiganimizda.

“Lokomotiv” Professional futbol klubi bu bolajonning ko'nglini olish, oilasiga yordam berish  maqsadida championat.asia sayti tashabbusi bilan o'zbek futboli jamoatchiligi maxsus akciyasida ishtirok etadi.

Jamoa ishtirokida 31 oktyabr kuni Superliga 28 turi doirasida “Lokomotiv” stadionida o'tadigan Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi uchrashuv chiptalari sotuvidan tushgan mablag' bu Bolajonga yordam sifatida taqdim etiladi.

Barcha futbol muxlislarini "Lokomotiv" stadionida kutib qolamiz. Barchamiz birgalikda Bolajonga yordam beramiz!

CHiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. CHiptalar uch toifada bo'lib 3, 5 va 15 ming so'mdan. O'yin soat 18:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

#BizSenBilanBolajon
#BizSenBilanBolajon

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика