"Lokomotiv" "Mashal" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
26 mar 2015 17:21
Yangiliklar


"Lokomotiv" "Mashal" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Toshkent, 26 mart - Oliy liganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Lokomotiv" 28 mart kuni "Mashal"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bu haqda bizga jamoa murabbiyi Marat Miftaxutdinov xabar qildi. Ammo hozircha o'yinning qaerda bo'lib o'tishi yuz foiz malum emas. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" oliy liganing 3-turida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Bu o'yin Jizzaxda emas, balki Yangierda o'tkaziladi. CHunki Jizzaxdagi yangi stadion hali mavsumga tayyor emas. "So'g'diyona" - "Lokomotiv" bahsi 3 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar