"Lokomotiv": "Lokobol" turnirida ikkita durang qayd etildi
31 iyu 2015 18:58
Yangiliklar


"Lokomotiv": "Lokobol" turnirida ikkita durang qayd etildi
“Lokomotiv” futbol maktabining 2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari “Lokobol” Superfinal o'yinlarida ishtirok etish uchun Rossiya poytaxti Moskvaga jo'nab ketishgani haqida xabar berib o'tgandik.
Bugun Otabek Mansurov shogirdlari guruh bosqichida ikkita o'yin o'tkazib, har ikkala uchrashuvda ham hisob ochilmadi. “Loko-2004″ dastlab “Saxalin”ga qarshi maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchi o'yinni “Sibir”ga qarshi o'tkazdi. Ikkala bahsda ham 0:0 hisobi qayd etildi.
Ertaga yosh “temiryo'lchilar” “Lokomotiv” (Moskva) tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishadi. Aytgancha, vakillarimiz yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Dinamo” bahsini bevosita stadionda kuzatishadi. Tashkilotchilar toshkentlik “temiryo'lchilar”ga shunday sharoit yaratib berishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar