"Lokomotiv" lageridan daraklar
13 iyu 2021 20:10
Yangiliklar
Javohir Sidiqov va Temurxo'ja Abduxoliqov kichik jarohat olgani bois yig'inni individual dasturda olib borishyapti. Ular 4-5 kundan keyin umumiy guruhga qo'shiladi va "Nasaf" bilan o'yingacha to'liq safga qaytadi.
Birinchi davraning katta qismini o'tkazib yuborgan G'ulom Haydar G'ulomov umumiy guruh mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etmayapti. Uning Qarshi klubiga qarshi o'ynashi hozircha so'roq ostida.
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ayni paytda o'z yurtida bo'lib turibdi, shu bois ungacha jamoani Andrey Miklyaev boshqarib turadi. Portugaliyalik mutaxassis esa 18 iyulda qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Lkomotiv" 30 iyul kuni birinchi davraning so'nggi turida "Nasaf"ni mehmon qiladi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar