So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi ikkinchi kun. Tarkibga yana bir yangi futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi ikkinchi kun. Tarkibga yana bir yangi futbolchi qo'shildi

BAA poytaxti Abu Dabida yangi mavsumning dastlabki xorij yig'inini o'tkazayotgan "Lokomotiv" yig'inning ikkinchi kunida ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi.

Ertalabki mashg'ulot to'liq maydonda kechgan bo'lsa, kechki payt futbolchilar dastlab trenajyor zalida shug'ullanishdi, so'ngra yana maydonga chiqildi. Bugun jamoa tarkibiga yana bir yangi futbolchi kelib qo'shildi. Rossiyalik taniqli hujumchi Pavel Pogrebnyakning kenja ukasi Kirill Pogrebnyak "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzolab, jamoamiz mashg'ulotida ishtirok etdi. 

 

Malumot uchun, Kirill Pogrebnyak ham akasi Pavel kabi hujum chizig'ida to'p tepadi. "Loko" mashg'ulotlarida asosiy etibor hozircha jismoniy yuklamalar, shuningdek to'p bilan ishlashga qaratilmoqda. Malumki, qishki yig'inda futbolchilarning jismoniy holatini bir maromga keltirish muhim hisoblanadi. 

Mashg'ulotlarda barcha ter to'kib mehnat qilmoqda. O'z navbatida murabbiylar ham jamoani yangi mavsumga jiddiy tayyorlash uchun mashg'ulotning turli usullarini futbolchilarga o'rgatishyapti. 

Eslatib o'tamiz, yangi mavsum "Loko" uchun 21 yanvardan boshlanadi. SHu kuni "temiryo'lchilar" o'z uylarida Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubini qabul qilishadi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика