So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  10 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  4 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi birinchi kun. Tarkibda yangilar bor Yangiliklar

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi birinchi kun. Tarkibda yangilar bor

Bugun "Lokomotiv" yangi yil hisobidan dastlabki xorij yig'inini o'tkazish maqsadida BAA poytaxti Abu Dabiga etib keldi.

"Marriott" mehmonxonasiga joylashgan "temiryo'lchilar" kechki payt mehmonxona yonidagi maydonda mashg'ulot olib borishdi. Mashg'ulotda "Loko" bilan tashrif buyurgan barcha futbolchilar ishtirok etdi. 

Yangilik sifatida shuni aytishimiz mumkin, "Lokomotiv"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiy ish boshladi. Bundan buyon jamoaning jismoniy holatini nazorat qilish qozog'istonlik murabbiy Aleksandr SHatskix zimmasiga yuklatiladi.

 

Aleksandr Anatolevich 1974 yilda tug'ilgan bo'lib, futbolchilik faoliyatida hujumchi sifatida to'p tepgan va Qozog'istonning bir nechta klublarida o'ynagan. U 2009 yil futbolni tugatib, shundan beri murabbiylik kasbi bilan shug'ullanib kelyapti. 

Jamoa mashg'ulotida yangilardan yakuniga etgan mavsumni "Surxon"da o'tkazgan Abdulaziz Yusupov bilan chernogoriyalik legioner Slavko Damyanovich ham ishtirok etdi. Har ikki futbolchi klub bilan shartnoma imzoladi.

 

Malumot uchun, Abdulaziz Yusupov 1993 yil tug'ilgan bo'lib, hujum chizig'ida to'p tepadi. 2013 yil oliy ligadagi ilk mavsumini "Paxtakor"da o'tkazgan hujumchi shundan so'ng "Andijon", "Qo'qon-1912", "Neftchi" va "Surxon" klublarida faoliyat olib bordi. Yusupov o'tgan mavsum termizliklar safida Superliga bahslarida 8ta gol urishga erishdi.

 

CHernogoriyalik Slavko Damyanovich markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi. U faoliyati mobaynida CHernogoriyaning "Mornar Bar", "Suteska Niksich", "Buduchnost Podgorica", Serbiyaning "Spartak", "Baska", Vengriyaning "Bekeshaba-1912" hamda Janubiy Afrika Respublikasining "Bidvest" klublarida to'p tepgan. 27 yoshli himoyachi erkin agent sifatida "Loko" bilan shartnoma imzoladi.


Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика