"Lokomotiv": Keyingi manzil - Eron
04 may 2015 10:38
Yangiliklar
"Lokomotiv": Keyingi manzil - Eron
"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 6-turidan o'rin olgan bahsni o'tkazish uchun ertaga Eronga uchib ketadi.
"Temiryo'lchilar" soat 11:00da charter reys orqali Toshkentdan Eronning Ahvaz shahriga yo'l olishadi.
Guruhdagi vaziyatga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, "Al Sadd" bilan "Al Hilol" o'tgan turda guruhdan chiqish masalasini hal qilib bo'lishdi. Demak, oxirgi tur bahslari faqat rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. Ayni paytda "Lokomotiv" 4 ochko bilan uchinchi, "Fulad" esa 3 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda. Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Erondagi javob bellashuvi ham o'ziga yarasha qiziq kechishi kutilmoqda.
Eronning "Fulad" klubi mehmonda "Al Sadd"ga imkoniyatni boy berganidan so'ng milliy chempionat doirasida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. Dragan Skochich shogirdlari avvaliga "Zob Axan"dan 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lishsa, undan keyin safarda "Malavan" bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi. "Fulad" Eron chempionatida 28ta o'yindan so'ng 48 ochko to'plagan holda 5-o'rinda bormoqda. CHempionat tugashiga esa ikki tur qoldi.

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar