“Lokomotiv” jamoasi 12 iyul kuni Minskka yo'l oladi
09 iyu 2016 11:58
Yangiliklar
“Lokomotiv” jamoasi 12 iyul kuni Minskka yo'l oladi
12 iyul kuni “temiryo'lchilar” "Lokomotiv" sport majmuasida joylashgan mehmonxonada yig'iladi va shu kuni kechki payt Belarus poytaxti Minsk shahriga o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borish uchun uchib ketadilar.
Yig'in davomida “Loko” futbolchilari Minsk shahrining ikkita jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Dastlabki o'yin 16 iyul kuni “Dinamo” (Minsk) bilan kechsa, ikkinchi bellashuv 19 iyulda “Krumkachi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Bosh murabbiy Andrey Miklyaevning xabar berishicha, ushbu uchrashuvlarda jamoa tarkibida bir nechta yangi futbolchilar sinab ko'riladi va murabbiylar shtabiga maqul kelsa ular bilan shartnoma imzolanadi.
Malumot uchun, Belarus chempionati xuddi bizdagi kabi bahorning boshlarida start olgan va birinchi davra o'yinlari o'z nixoyasiga etdi. Turnir jadvalida “Dinamo” (Minsk) uchinchi, “Krumkachi” esa beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar