"Lokomotiv" jahon chempionlarni 2:1 hisobida mag'lub etdi FOTO
26 okt 2018 21:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459831_original.jpg)
![](/upload/storage/459831_220.jpg)
"Lokomotiv" jahon chempionlarni 2:1 hisobida mag'lub etdi FOTO
Avvaliga "Lokomotiv" futbol klubi tomonidan tashkil qilingan dasturxonga osh tortildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va futbolchilar birgalikda milliy taomimizni tanovul qilishdi.
SHundan keyin kichik, biroq quvnoq savol-javob bo'lib o'tdi.
Ajoyib savolga, ajoyib javob:
- Kim yaxshi o'ynaydi? Marat Bikmaevmi yoki Sardor Rashidov?
Sardor Rashidov: "Marat"
Marat Bikmaev: "Ana bildingizmi kim yaxshiligini?"
Ushbu tadbir yakunlandi. Endi derbi boshlanadi! CHempionlar derbisi!
Mehribonlik uylari o'rtasida bo'lgan jahon chempionatining g'oliblari va O'zbekiston chempionatining amaldagi chempioni.
Anchagina qiziq o'tgan birinchi bo'limda "Lokomotiv"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi qayd etildi.
Ikkinchi bo'lim esa birinchisidan ham qiziqarli va tezkor hujumlar bilan o'tdi. "Lokomotiv" futbolchilari jahon chempionlarini mag'lub eta olmadi, 1:1. Ammo yakuniy hisob "temiryo'lchilar" foydasiga, 2:1. Ajoyib o'yin!, deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.
Ushbu sovg'alar 23-sonli mehribonlik uyiga tarbiyalanuvchilariga taqdim qilindi.
SHu bilan "Lokomotiv"ning 23-sonli mehribonlik uyiga uyushtirgan tashrifi o'z poyoniga etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar