So’nggi yangiliklar

11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  0 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  2 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  22 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  17 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  38 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2

"Lokomotiv": Haver Rivas “Al-Ittixod”ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

"Lokomotiv": Haver Rivas “Al-Ittixod”ga g'alaba keltirdi

Teglar :  Al IttihodLokomotiv
Kecha Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 16-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Unda “Lokomotiv”ning 23 fevral kungi raqibi irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turgan “Al-Faysali” mehmoni bo'lgan jiddaliklar 64-daqiqaga kelib o'z darvozalaridan gol o'tkazib yuborishdi. Mezbonlarning gvienalik futbolchisi Haver Balboaning pasini braziliyalik Adriano de Paula golga aylantira oldi.

SHundan keyin ustunlik “Al-Ittixod” tomoniga o'tdi. O'tkazib yuborilgan golga to'rt daqiqa to'lishi bilan venesuelalik Haver Rivas sherigi Abdulfattoh Asiriga golli pas uzatdi. Legioner qolgan daqiqalarda ham yaxshi harakat qilib, mehmonlarning g'alabasiga benazir hissasini qo'shdi.

Jumladan, 82-daqiqada Rivas belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, “Al-Ittixod”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 88-daqiqada dublini rasmiylashtirib, o'yinga mantiqiy yakun yasab berdi. Rivas Osiyo chempionlar ligasining pley-offida ham gol urib, jamoasining guruh bosqichiga qo'shilishiga yordam bergandi.

SHu kuni “Al-Ittixod” safida Rivasdan tashqari ruminiyalik Lusian Sanmartin, ganalik Salli Muntari hamda Amirliklardan bo'lgan Majid Al-Haybari kabi legioner yigitlar ham harakat qilishdi. Mazkur g'alabasidan keyin klub ochkolari sonini 35 taga etkazib, turnir jadvalida uchinchi bo'lib turibdi. Peshqadam “Al-Hilol” hisobida 40, keyingi o'rindagi “Al-Ahli”da 38 ochko mavjud.

Eslatib o'tamiz, bugun “Lokomotiv” Dubaydagi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini Xitoy Super ligasi vakili “CHanchun Yatay” klubiga qarshi o'tkazadi.

"Al Faysali" - "Al Ittihod" 1:3
Gollar:
Adriano Pardal 64 - Abdulfattoh Asiri 68, Rivas 82 penalti, 88.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика