“Lokomotiv” futbolchilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlarini bayram bilan tabrikladi
10 mar 2017 17:27
Yangiliklar
“Lokomotiv” futbolchilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlarini bayram bilan tabrikladi
Xabaringiz bor, kuni kecha “Lokomotiv” jamoasi Oliy liga 2-tur uchrashuvlari doirasida “So'g'diyona” bilan bahs yuritdi va 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Mazkur o'yin boshlanishi arafasida poytaxtimizdagi 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlariga “Lokomotiv” futbol klubi hamda “Sochnaya Dolina” savdo belgisi hamkorligida tayyorlangan sovg'alar topshirildi.
Dastavval har ikki jamoa futbolchilari maydonga mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamroxligida chiqib kelishdi. So'ngra 23-mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan qizlarga 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tayyorlangan sovg'a-salomlar ulashildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar