"Lokomotiv" futbolchilari mavsumni "qizil"siz tugatishdi
13 noy 2013 14:53
Yangiliklar

"Lokomotiv" futbolchilari mavsumni "qizil"siz tugatishdi
2013 yilgi oliy ligada hakamlar 29 marta futbolchilarni maydondan chetlatishdi.
O'tgan mavsum bu ko'rsatkchi 42tani tashkil etgandi. Demak bu yil chetlatishlar soni 1,5 baravar kamaygan.
2013 yilda Toshkentning "Lokomotiv" futbolchilari umuman qizil kartochka olishmagani diqqatga sazovor. Hakamlar "temiryo'lchilar"ga jami 45ta sariq kartochka ko'rsatishgan xolos.
CHetlatishlar bo'yicha "Olmaliq" va "Buxoro" klublari "chempion" bo'lishdi. Bu jamoa futbolchilari to'rt martadan qizil kartochka bilan jazolanishgan.
Futbolchilar orasida ikki marta chetlatilganlar soni ikkita. Jalil Kimsanov "So'g'diyona" va "Qizilqum" safida bir martadan qizil kartochka oldi. "Dinamo" vakili Komil SHarofetdinov ham bu mavsumda ikki bor o'yinni vaqtliroq tugatgan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar