"Lokomotiv" futbolchilari "Flitvud Taun"da o'z raqamlariga ega bo'lishdi
20 sen 2015 08:54
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchilari "Flitvud Taun"da o'z raqamlariga ega bo'lishdi
Xabaringiz bor, Angliya birinchi divizionida ishtirok etayotgan "Flitvud Taun" futbol klubi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi.
Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq "Lokomotiv" yoshlar jamoasining ikki nafar futbolchisi Angliya klubida malakasini oshirish imkoni tug'ildi. Kecha darvozabon Rustam Nartajiev va himoyachi Sergey Proxorov klub vakillari bilan birgalikda Tumanli Albionga etib borishdi. "Flitvud Taun" klubi murabbiylari va rahbarlari vakillarimizni xursandchilik bilan kutib olishdi. Ikkala futbolchi 3 oy mobaynida ingliz klubi safida o'z tajribalarini oshirishadi. Rustam Nartajiev 45, Sergey Proxorov esa 42-raqamli futbolkalarni qabul qilib olishdi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar