"Lokomotiv" futbolchilari bemor bolalarga sovg'alar ulashishdi
16 fev 2020 18:28
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchilari bemor bolalarga sovg'alar ulashishdi
Bu Lyuksemburgdagi bemor bolalar ota-onalari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, 2001 yildan beri har oyning shu sanasida nishonlab kelinadi.
Bu kunni nishonlashdan qilishdan maqsad, saraton kasalligidan aziyat chekayotgan bolalarga etiborni oshirish, ularning holidan xabar olish, bolalar tibbiyotini yuqori saviyaga olib chiqish hamda onkologiya bo'limlarida yuzaga kelgan mavjud muammolarni bartaraf etishdir.
SHu munosabat bilan bugun “Lokomotiv“ futbolchilari hamda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari poytaxtimizdagi Respublika onkologiya markazida bo'lib, saratondan aziyat chekayotgan bolakaylar holidan xabar olishdi. Sportchilarimiz bemor bolajonlarga sovg'alar ulashib ularning kayfiyatini ko'tarishdi.
Bugungi tadbirda “Lokomotiv“ PFK titul homiysi Orient Finans Bank xodimlari ham ishtirok etishdi. Ushbu etibordan bolajonlar va ota-onalarning kayfiyati tog'dek ko'tarildi.
Fikrlar