"Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Turkiyada
23 mar 2015 11:10
Yangiliklar


"Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Turkiyada
Toshkent, 23 mart - "Lokomotiv" futbol maktabining 2002-2006 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari xalqaro futbol festivalida ishtirok etish uchun kecha Turkiyaga jo'nab ketishdi.
Erkin Saidov rahbarlik qilayotgan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari u erda "Turkiya tatillari" xalqaro futbol festivalida ishtirok etishadi. 29 martgacha davom etadigan mazkur festivalda shuningdek, "Verder" (Germaniya), "Galatasaroy", "Beshiktosh", "Bursa" (barchasi - Turkiya), "Fiorentina" (Italiya), "Styaua" (Ruminiya), "Lokomotiv" (Rossiya), "SHaxtyor" (Qarag'anda), Konoplyov nomidagi futbol maktabi (Rossiya) tarbiyalanuvchilari ham qatnashishadi. Tafsilotlar haqida keyinroq batafsil xabar beramiz.

Fikrlar