So’nggi yangiliklar

13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  1 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  2 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  5 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  5 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4

“Lokomotiv” futbol klubi Boysun tumanida o'z maktabini ochdi Yangiliklar

“Lokomotiv” futbol klubi Boysun tumanida o'z maktabini ochdi

Teglar :  LokomotivBoysun
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2016 yilning “Sog'lom ona – sog'lom bola” yili deb elon qilinishi “Lokomotiv” futbol klubi tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi.

“O'zbekiston Temir yo'llari” akcionerlik jamiyati hamda “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizga nafaqat Toshkent shahrida, balki respublikamizning chekka joylarida ham davlat dasturi ijrosini taminlash yo'lida keng ko'lamli ishlar olib bormoqda.

Malumki, Surxondaryo viloyati nafaqat futbol, balki sportning barcha jabhalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan buyuk o'g'lonlarni etishtirib bergan. Aka-uka SHomurodovlar, Do'rmonovlar, Vali Keldiev, Bahodir Annamatov va yana bir buyuk kurashchimiz Abdulla Tangriev ham surxon sportining faxrli vakillari hisoblanadilar.




Viloyatda yurtimiz sharafini himoya qiladigan munosib futbolchilarni etkazib berish uchun “Lokomotiv” futbol klubi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida o'z futbol maktabini ochdi. 10 iyul kuni yaqinda yosh bolalar uchun foydalanishga topshirilgan “Gaza” o'quv-mashg'ulot mehmonxona kompleksida “Lokomotiv” bolalar-o'smirlar futbol maktabining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Boysun tumani hokimi Umidov SHokirjon muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning yoshlar uchun Vatanimizda yaratayotgan ajoyib imkoniyatlar, keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari haqida faxr bilan gapirib o'tdi. – Bunday yaratilayotgan sharoitlardan farzandlarimiz oqilona foydalanib, ertaga Vatanimiz sharafini, yurtimiz bayrog'ini jahon arenalarida munosib himoya qilish nafaqat yoshlarning balki barchamizning burchimiz, vazifamiz. Har jabhada birinchi bo'lishga, o'zbek futbolining xaqiqiy “lokomotivi – boshlovchisi” bo'lishga harakat qilayotgan “Lokomotiv” o'zbek futboli ixlosmandlariga ajoyib sovg'a tayyorladi. Biz “O'zbekiston Temir yo'llari” akcionerlik jamiyati hamda “Lokomotiv” futbol klubiga bolalarimizga bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishlari uchun ko'rsatayotgan ko'magi uchun minnatdorchilik bildiramiz”,- deya takidladi tuman xokimi. SHu o'rinda so'z olgan “Lokomotiv” futbol klubi bolalar maktabi direktori Erkin Saidov ham yig'ilganlarni bunday shart-sharoitlarga ega bo'lgan maktab ochilishi bilan qutladi va “Sog'lom ona – sog'lom bola” davlat dasturining respublikamizda keng miqiyosda amalda bajarilayotgani, bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar tez orada o'z mevasini berishiga umid bildirdi.



SHuni takidlab o'tish kerakki, ushbu maktab 50 o'rinli mehmonxona, trenajer zali, suniy va tabiiy maysali maydon, bolalar bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazishi uchun dam olish xonalarini o'z ichiga oladi.

Maktabning ochilishida Lokomotiv” bolalar maktabi 2004 va 2006 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari bilan birga tashrif buyurdi va shu erda talim olishni boshlagan o'z tengdoshlariga qarshi bir necha o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdilar. Yangi ochilgan futbol maktabi o'quvchilari “Lokomotiv” klubi tomonidan ajratilgan sport kiyimlari hamda futbol to'plari bilan taminlandi. SHu bilan birga futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari Boysun tumanida joylashgan diqqatga sazovor joylar – “Omonxona” va “Darband” dam olish maskanlarida bo'lib maroqli hordiq chiqardilar. “Lokomotiv” futbol klubi bundan buyon yilda ikki marta bu erda yig'in va musobaqa tashkil etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.



Yaqin kelajakda Boysun tumanida joylashgan “Lokomotiv” maktabida tarbiya olayotgan yoshlar saralanib olinadi va ular Toshkent shahrida “temiryo'lchilar” safiga qabul qilinishadi. Bu esa ayni damda barcha musobaqalarda chempionlik uchun harakat qilayotgan “Lokomotiv” futbol klubi va milliy terma jamoamiz safini mohir futbolchilar bilan to'ldirishda o'z samarasini berishiga umid qilamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика