“Lokomotiv” FK yosh jurnalistlarni matbuot xizmatiga taklif etadi
04 iyu 2018 14:48
Yangiliklar
“Lokomotiv” FK yosh jurnalistlarni matbuot xizmatiga taklif etadi
Buning uchun “Lokomotiv” futbol klubi jurnalistika, fotomuxbir va foto(Adobe Photoshop,Illustrator, Corel Draw) va video(Adobe Premiere, After Effects) tahrirchi kabi sohalarga qiziquvchi yoshlarga o'z safida tajriba orttirish uchun keng maydon yaratadi. Sizdan jurnalistika sohasida tajriba talab etilmaydi. Biz sizga bu sohada qo'limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. Tajriba to'plash uchun sizda 3 oy muddat bor. Ushbu muddat davomida siz “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Jamoamizning safar o'yinlariga ham biz bilan sayohat qilish imkoniyati sizda mavjud.
Agar o'zingizni har tomonlama ko'rsata olsangiz, “Lokomotiv” futbol klubi safida professional faoliyatni boshlashingiz mumkin. Tanlov asosida o'tadigan so'nggi bosqichda bu imkoniyatni qo'lga kiritish o'zingizning qo'lingizda.
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Biz bilan bog'lanish telefon raqami: +99894 6600006

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar