"Lokomotiv" ertaga tanishtiruv marosimini o'tkazadi
03 mar 2021 15:27
Yangiliklar


"Lokomotiv" ertaga tanishtiruv marosimini o'tkazadi
Har yil yangi mavsum oldidan "Lokomotiv" ishtirokida tanishtiruv marosimi tashkil etish odat tusiga kirib ulgurgan.
"Lokomotiv" PFK ertaga, 4 mart kuni yangi bosh murabbiy Mikael Sekeyra hamda jamoa tarkibiga qo'shilgan yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi o'tkazishini malum qiladi.
Tadbir davomida futbolchilarga bu yilgi mavsum futbolkalari taqdim etiladi hamda bosh murabbiy Mikael Sekeyra OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytaradi.
Tanishtiruv marosimi "Lokomotiv" stadioni matbuot anjumanlari zalida bo'lib o'tadi va soat 15:00da boshlanadi.
Barcha turdagi matbuot sohasi vakillarini ushbu tadbirga taklif etib qolamiz", - deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar