So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

“Lokomotiv” ertaga “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi Yangiliklar

“Lokomotiv” ertaga “Qo'qon-1912” mehmoni bo'ladi

Ertadan Oliy Ligada 11-tur uchrashuvlariga start beriladi. Mazkur tur doirasidagi anchagina qiziqarli ko'rinish olishi kutilayotgan bellashuvlardan biri Qo'qon shahrida bo'lib o'tadi.

Unda ayni paytda musobaqa jadvalining dastlabki ikki pog'onasini band etib turgan jamoalar – “Lokomotiv” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Takidlash joizki, mazkur jamoalar milliy chempionatimiz doirasida shu paytga qadar 4 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Natijalar borasidagi ustunlik esa “temiryo'lchilar” jamoasi tomonida. Ushbu ikki jamoaning dastlabki qarama-qarshiligida “Loko” 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. “Qo'qon-1912” maydonida o'tgan bitta bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan bo'lsa, yana bir bahsda esa toshkentliklar 3:1 hisobida zafar quchishgan. Oliy Liganing o'tgan yilgi mavsumi doirasida Toshkentda kechgan o'yin esa 4:0 hisobida “Lokomotiv” foydasiga hal bo'lgan va mazkur o'yin ushbu ikki jamoa o'zaro qarama-qarshiliklari doirasida eng yirik g'alabamiz bo'lib turibdi.

Oliy Liga, 11-tur. 17 may, chorshanba. (17:30)
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
PFL vakili: B. Mametov



Joriy yilgi mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasi ham ancha ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Qo'qonliklar hozirda 10 ta uchrashuvda 19 ochko jamg'argancha musobaqa jadvalining ikkinchi o'rnini band etib turishibdi. “Temiryo'lchilar” jamoasi esa 9 ta match yakunlariga ko'ra 22 ochko to'plashgan hamda jamoamiz Oliy Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Raqib safida o'tkazilayotgan uchrashuvlarda mazmunli o'yin namoyish etib, muxlislar olqishiga sazovor bo'layotgan futbolchilar – Filip Rayevac (5 ta gol), Suhrob Berdiev (4 ta gol) hamda Nosirbek Otaqo'ziev (3 ta gol) bo'lib turishibdi.

“Lokomotiv” tarkibida esa Marat Bikmaev 10 ta gol kiritib, to'purarlar bahsida etakchilik qilayotgan bo'lsa, shuningdek, Jaloliddin Masharipov 5 ta gol hamda Sardor Mirzaev 3 ta gol kiritib, futbol jamoatchiligi diqqat markazida bo'lib turishibdi.

Takidlash joizki, uchrashuv soat 17:30da start oladi. Uni Vladislav Ceytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика