"Lokomotiv" ertaga legioner hujumchini ham tanishtiradi
23 iyu 2019 18:11
Yangiliklar
"Lokomotiv" ertaga legioner hujumchini ham tanishtiradi
Ertaga "Lokomotiv" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" yozgi transfer oynasi vaqtida Javohir Esonqulov ("Qo'qon-1912") va Javohir Sohibovni ("So'g'diyona") qo'shib oldi. Olingan malumotlarga ko'ra, ertangi tanishtiruv marosimida bu futbolchilar bilan birga yana bir futbolchi ishtirok etdi. Hozircha uning legioner ekanligi va hujum chizig'ida o'ynashi malum xolos. Oldinroq saytimizda "Lokomotiv" "Qizilqum"ning nikaragualik hujumchisi Medina Smit bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar chiqqan edi. Barchasini ertaga bilib olamiz.
Malumot uchun, tanishtiruv marosimi ertaga 24 iyul kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Tadbir soat 11:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar