So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

"Lokomotiv" durang o'ynadi Yangiliklar

"Lokomotiv" durang o'ynadi

Dubaydagi uchinchi o'rtoqlik o'yinida Xitoyning “Tyanczin Teda” klubi bilan murosa ko'chasi tanlandi – 1:1.

Bunga qadar “Al-Urooba” hamda “Xanjou Grintaun” klublari yirik hisoblarda mag'lub etilgandi.

Boshlang'ich tarkib avvalgi bellashuvdagidan keskin farq qildi. Ignatiy Nesterovni inobatga olmaganda, maydondagi futbolchilarning barchasi almashtirildi. Faqatgina 60-daqiqaga kelib murabbiylar shtabi birdaniga 7 ta o'zgarishni amalga oshirishdi. Bunda tabiiyki, o'yin uslubi ham keskin o'zgardi. Endi “Lokomotiv” azolari boshqa taktikada harakat qila boshlashdi.

O'yinda hisob 15-daqiqaga kelib Marat Bikmaev tomonidan ochildi. CHin o'lkasi vakillari o'z jarima maydonchalari ichida hujumchini qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi va penaltini ham jabrlanuvchining o'zi amalga oshirdi. Bellashuv yakuniga 15 daqiqa qolganida esa xitoyliklar oradagi farqni yo'qqa chiqarishdi.

Mazkur bellashuvda kichik jarohatlari sabab Nemanya Yanichi”ch hamda Kaxi Maxaradze, shuningdek, birozgina betobligi uchun Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etishmadi. Keyingi o'yin Nesterovsiz o'tishini inobatga olgan murabbiylar qolgan ikki posbon – Mamur Ikromov va Sarvar Karimovni asrashni maqul ko'rishdi. Navbatdagi o'yin 14 fevral kuni Xitoy Super ligasining boshqa bir vakili “CHanchun Yatay”ga qarshi bo'lib o'tadi. Server Jeparov, Marat Bikmaev, Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar ertaga terma jamoa yig'iniga qo'shilishini inobatga olsak, ular Anzur Ismoilov harakat qiladigan Xitoy klubiga qarshi o'ynay olishmaydi.

LOKOMOTIV (O'zbekiston) – TYANCZIN TEDA (Xitoy) 1:1
Gollar: Marat Bikmaev, 15-pen (1:0). Tyanczin, 75 (1:1).
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov - Salim Mustafoev (Oleg Zoteev, 60), Sergey Proxorov, Xurshid Muxtorov, Jasur Hasanov_16 (Ikrom Aliboev, 60) - SHerzod Fayziev (Sanjar SHoahmedov, 60), Quvondiq Ro'ziev (Timur Kapadze, 60), Sadriddin Abdullaev (Server Jeparov, 60) - Jasur Hasanov, Doniyor Usmonov (Sardor Mirzaev, 60), Marat Bikmaev (Temurxo'ja Abduholiqov, 60).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика