"Lokomotiv": Dubaydagi navbatdagi quvonchli kun
07 fev 2016 08:06
Yangiliklar
"Lokomotiv": Dubaydagi navbatdagi quvonchli kun
O'yindan keyingi kunni “Lokomotiv” futbolchilari engil mashg'ulotlar bilan boshlashlari tabiiy edi. Kunning birinchi qismida ular trenajer zalida shug'ullanishdi, kechki mashg'ulot esa stadionda olib borildi. Ertaga jamoa azolari navbatdagi o'rtoqlik o'yini oldidan mashg'ulot o'tkazishadi.
Rejaga ko'ra fevralning sakkizinchi kunida ham o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi kerak. Raqib nomini ertaga malum qilamiz. 12 hamda 14 fevral kunlari Xitoy Super ligasi jamoalari bilan uchrashuvlar borligi haqida yozib o'tgandik.
“Al-Urooba”ga qarshi bahsda ishtirok eta olmagan Server Jeparov, Timur Kapadze, Kaxi Maxaradze kabi futbolchilar o'zlarini yaxshi his qilganlari holda, mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etishdi. SHuningdek bugun Xurshid Muxtorov Dubayga etib kelib, delegaciya safiga qo'shildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia









Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar