So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

“Lokomotiv” Dubayda. To'rtinchi kun. Xatolardan xulosa Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. To'rtinchi kun. Xatolardan xulosa

Teglar :  Lokomotiv
Futbolchilarimiz Dubay va undagi shart-sharoitlarga to'la-to'kis ko'nikib bo'lishdi.


Bu ko'nikma ularga mashg'ulotlar va yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida chalg'imaslikka yordam beradi.

1

Amaliy va nazariy mashg'ulotlar bir maromda davom etmoqda. Ularning boshlanish vaqtlari o'zgarganicha yo'q, lekin tugash onlari kun sayin uzayib borayotganini his qilish qiyin emas. Futbolchilar tobora ko'proq mehnat qilishga harakat qilishyapti.

10

Bugungi kunning eng esda qolarli voqeasi sifatida oqshom vaqtidagi nazariy mashg'ulotni ko'rsatish o'rinli. Mirko Yelichich unda o'tgan mavsumdagi xatolar xususida so'z yuritdi. Xususan, o'tkazib yuborilgan ayrim gollar futbolchilarga qayta namoyish etilib, mana shunday vaziyatlarda qanday harakat qilish mumkinligi to'g'risida fikrlar almashildi.

7

“Yelichich quvnoq murabbiy”, – deya u haqda o'z fikrini bildirdi “Lokomotiv”ning etakchi futbolchilaridan biri Sanjar SHoahmedov. “Futbolchilar bilan yaxshi chiqishadi, hazilni tushunadi, o'zi hazil qiladi. Bu narsa futbolchilar o'zlarini erkin tutishlariga olib keladi”.

13

“Jeparovning jamoamizga qo'shilgani yaxshi ish bo'ldi. U katta mahorat va tajribaga ega futbolchi. Birinchi navbatda bizga yordam beradi, bilmaganlarimizni o'rgatadi. Raqobatdan esa cho'chimayman. Ahir u har bir futbolchining o'sishiga yordam beradi”, -deydi SHoahmedov.

14

Sanjarning fikriga “Lokomotiv” o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygani uchun ham yildan-yilga shakllanishga harakat qilyapti. Bu narsa albatta o'z mevasini berishi kerak. Futbolchilar yangi mavsumda yanada yaxshiroq natijalarni qo'lga kiritish uchun borlarini berib harakat qilishadi.

11

Eslatib o'tamiz. Saudiyaning “Al-Ahli” klubiga qarshi o'yinga ikki kun vaqt qoldi. Quyida bugungi kun fotosuratlarini sizga ilinamiz.

2

 3

 4

 5

 6

 9

 12


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика